http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Tadbirlar

Yoz - yong’in xavfi yuqori mavsum

on .

Mana, yozning jazirama kunlari ham yetib keldi, fuqarolar tomonidan bu pallada qurigan o’t va shox-shabbalarni yoqish boshlanadi. Ko’chalarda, daxa va ochiq maydonlarda qurigan o’t, shox-shabbalar ko’plab to’planish xolatlari ortib boradi.

Odatga ko’ra, qurigan o’t va shox-shabbalarni yig’ishtirish, yo’qotish payiga tushiladi.

Aksariyat hollarda ularning tutuni atrof-muhitga zararli ekanligini bila turib, yoqib yuboriladi. Ayniqsa, maktab, bog’cha va boshqa tashkilotlar atrofida bunday chiqindilarning yondirilishi kishini tashvishga soladi.

Joriy yilning o’tgan davri mobaynida shahrimizda jami 19 ta yong’inlar sodir bo’ldi. Yong’inlarning 4 tasi qurigan o’t va shox-shabbalar yoqilishi oqibatida kelib chiqqan.

Yoqib yuborilgan qurigan o’t va shox-shabbalarning zaxarli moddalarga to’yingan tutuni o’pka orqali qonga so’rilib, odamlar sog’ligiga ta’sir ko’rsatadi. Yonganda hosil bo’ladigan qurum va tutunlar nafaqat odam organizmi, balki yon-atrofdagi o’simlik hamda xayvonot dunyosiga, shuningdek, yerning unumdor qatlamiga ham jiddiy ta’sir etadi.

Bunday holatlarning oldini olish maqsadida yong’in xavfsizligi xizmati xodimlari har qancha harakat qilishmasin, fuqarolarning o’zlari oddiy yong’in xavfsizligi qoidalariga rioya qilmas ekanlar, yong’inlar soni kamaymasligi tabiiy.

Shuning uchun ushbu xayrli ishga barcha birdek yondashib, harakat qilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Hamma vaqt sergak va xushyor bo’lsak, amaldagi  qonun-qoidalarga rioya etilsa, loqaydlikka chek qo’yilsa, har bir kunimiz tinch va osuda o’tadi, sog’ligimizga ziyon yetmaydi.

A.XUDAYBERGANOV,

Olmaliq shahar FVB YoXB katta inspektori

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech