http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Tadbirlar

Ko’rsatkichlar yong’inlar kamayganligini ko’rsatmoqda

on .

Ma’lumki, respublikamizda har chorshanba kuni yong’in xavfsizligi profilaktikasi kuni sifatida yong’in xavfsizligini ta’minlashga doir turli amaliy tadbirlar, uchrashuv va seminarlar o’tkazib kelinmoqda.

Ana shunday seminarlardan biri kuni kecha “Olmaliq KMK” AJ Uy-joylarni ta’mirlash va ulardan foydalanish boshqarmasida bo’lib o’tib, unda boshqarma rahbar va ishchilari hamda Olmaliq shahar Yong’in xavfsizligi bo’limi xodimlari ishtirok etishdi. Tadbirda so’zga chiqqan Olmaliq shahar Yong’in xavfsizligi bo’limi boshlig’i, podpolkovnik Z.Teshaboev, yig’ilganlarga yong’in xavfi to’g’risida tushuntirishlar bergan holda so’nggi vaqtlarda yong’inlar soni ortib borayotgani, ayniqsa, elektr jihozlaridan noto’g’ri foydalanish va shu kabi ehtiyotsizliklar oqibatida ko’plab yong’inlar kelib chiqayotganiga alohida to’xtalib o’tdi. YoXB xodimlari tomonidan muntazam ravishda aholi o’rtasida yong’in xavfsizligi, uning kelib chiqish sabablari va oldini olishga doir profilaktika tadbirlari o’tkazilishiga qaramay, uy-joy egalarining yong’in xavfsizligi qoidalariga rioya etmay, beparvolik va loqaydlikka yo’l qo’yayotgani, natijada katta miqdorda moddiy zararga sabab bo’layotganini misollar bilan izohlab berdi. Xususan, joriy yilning 1-choragida shahrimizda sodir bo’lgan yong’inlarning 81,2% turar-joylarga to’g’ri kelsa, 6,1% tadbirkorlik sub’ektlarida, 5,3% avtotransport vositalarida va 2,2% davlat ob’ektlarida kuzatilgan. Ularning 31,7% elektr uskunalaridan noto’g’ri foydalanish, 30,5% nosoz isitish moslamalarini ishlatish, 20,9% ehtiyotsizlik bilan ochiq olovdan va 3,9% avtotransportlardan foydalanish, 7,3% bolalar o’yinqaroqligi ortidan kelib chiqqan. Biroq bu ko’rsatkichlar yong’inlarning o’tgan yilning shu davriga nisbatan ancha kamayganligini ko’rsatadi.

Uy-joylarni ta’mirlash va ulardan foydalanish boshqarmasi boshlig’i Ilhom Abdullaev ham seminardagi o’z nutqida yong’in xavfsizligi xodimlari bilan birgalikda har chorshanba kuni profilaktika ishlari, ko’ngilli yong’in o’chirish drujinalari bilan hamkorlikda o’quv mashg’ulotlari olib borilayotgani va chilangar-ta’mirchilar, elektrgazpayvandlovchilar hamda omborchilar bilan yong’in texnik minimumi bo’yicha o’qishlar tashkillashtirilayotganini bildirib, 2015-2019 yillar davomida UJTFBda yong’inlar kuzatilmaganligini mamnuniyat bilan ta’kidlab o’tdi.

Ma’ruzalardan so’ng ishchi-xodimlarga is gazidan zaharlanish va ehtiyotsizlik tufayli uy-joylarda yong’in kelib chiqishiga doir videorolik namoyish etildi. Shuningdek, ularga maxsus maydonda yong’in o’chirish texnikalari va anjomlarini ishlatish qoidalari to’g’risida tushunchalar berilib, yong’in o’chirish vositalaridan to’g’ri foydalanishga oid amaliy mashg’ulot o’tkazildi.

Matluba MIRZAHMEDOVA,

YoXB yo’riqchisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech