http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Tadbirlar

Ogoh bo’ling, ishchilar!

on .

2 iyul kuni “Olmaliq KMK” AJ Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo’yicha Ilmiy ishlab chiqarish birlashmasida huquqbuzarliklarning oldini olish bo’yicha profilaktik davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbati davomida NMQQICHB IICHB direktorining xavfsizlik bo’yicha maslahatchisi A.Bayazitov kombinat korxonalarida sodir etilgan huquqbuzarlik holatlari tahlili bayon etilib, barcha ishchilarni o’z ish joyini qadriga yetishi lozimligi ta’kidlandi. Va yig’ilganlar e’tiboriga o’g’rilik hamda mulkka zarar yetkazilganida qanday choralar ko’rilishi ma’lum qilindi. Unga ko’ra, O’zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi Kodeksining 61-moddasida - Mulkchilik shaklidan qat’iy nazar korxona, muassasa, tashkilotlarning mol-mulkini o’g’irlash, o’zlashtirish, rastrata qilish, mansab lavozimini suiiste’mol qilish yoki firibgarlik yo’li bilan oz miqdorda talon-toroj qilish - eng kam ish haqining bir baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo’llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo’lsa - eng kam ish haqining besh baravaridan o’n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.

Basharti talon-toroj qilingan mulkning qiymati eng kam ish haqining o’ttiz baravaridan oshmasa, bunday talon-toroj oz miqdordagi talon-toroj qilish deb hisoblanadi.

Shuningdek, MJtKning 612-moddasida Mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish, ya’ni o’zganing mulkini qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish, oz miqdorni tashkil etsa, eng kam ish haqining besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi. O’zganing mulkini qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish ko’p bo’lmagan miqdorni tashkil etsa, - eng kam ish haqining besh baravaridan o’n baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o’n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo’ladi.

Oz miqdor deganda eng kam ish haqining o’ttiz baravarigacha bo’lgan doiradagi, ko’p bo’lmagan miqdor deganda esa, eng kam ish haqining o’ttiz baravaridan yuz baravarigacha bo’lgan doiradagi miqdor tushuniladi. Bundan tashqari, Jinoyat kodeksining 173-moddasida Mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazishga ham javobgarlik belgilangan.

Davra suhbati davomida barcha birdek ogoh bo’lishi, shubhali holatlarga duch kelinsa rahbariyat va huquq-tartibot idoralariga xabar berish lozimligi uqtirildi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech