http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Tadbirlar

Ayolning jamiyatdagi o’rni

on .

18 iyul kuni aynan shu mavzuda Iste’mol mollari ishlab chiqarish boshqarmasi Tikuv mahsulotlari ishlab chiqarish sexida tadbir tashkil etildi.

IMICHB kasaba uyushmasi qo’mitasi hamda ayollar bilan ishlab komissiyasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda Olmaliq shahar Fuqarolik holatlari dalolatnomalarini yozish bo’limi mudirasi Saodat Mirzairova ishtirok etdi.

- Farzand tug’ilishini rasmiylashtirish, nikohlanuvchilarning nikohini qayd etish, ajrimlarni qayd etish, o’lim holatini rasmiylashtirish kabi ishlar bo’limimiz faoliyatini asosini tashkil etadi,- deydi S.Mirzairova.- Jamiyatning kichik bo’g’ini bo’lgan oilada ayolning roli muhim ahamiyatga ega. Oilada farzand tarbiyasi, oila tinchligida ham ayolning oqilaligi muhim ahamiyat kasb etadi. Afsuski, so’nggi paytlarda oilalarimizda arzimagan bahonalar bilan ajrimlar soni ko’paygan. Bunday salbiy holatlarning oldini olishda, albatta siz aziz ayollarimizda mas’uliyat katta.

Tadbir davomida sex ishchilari tomonidan oilada farzand tarbiyasi beshikdan boshlanishi haqidagi sahna ko’rinishi ham namoyish etildi.

Tadbirda ishchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.

Axborot xizmati

 

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech