http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Tadbirlar

Har bir murojaat o’rganiladi

on .

“Qalmoqqir” kon boshqarmasi Ustki qatlam kareri ishchilari bilan kon boshqarmasi mas’ul rahbarlari o’rtasida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv kun tartibiga ko’ra, ishchilarni qiynab kelayotgan muammolar bo’yicha masalalar ko’rib chiqildi. Uchrashuvda elektrgazpayvandchilarning zararli sharoitda ishlaganliklari uchun imtiyozlarni qaytarish yoki oylik maoshini kontrakt shaklida amalga oshirish, har bir uchastkaga tibbiyot xodimlarini biriktirish, ekskavator mashinistlarining yordamchilariga uch yilda ikki marotaba maxsus poyabzal berish, Ustki qatlam karerida yo’l montyorlari yetishmasligi, ishchilarga otgul o’rniga qo’shimcha to’lovni amalga oshirish kabi taklif va murojaatlar bildirildi.

Ochiq muloqot tarzida o’tkazilgan tadbirda bildirilgan har bir taklif va masala bo’yicha mas’ullar batafsil javob berishdi. Va har bir murojaat tegishli tartibda ko’rib chiqilishi ma’lum qilindi.

          Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech