http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Tadbirlar

Oddiy kamchilik ham og’ir oqibatlarga olib kelmasin

on .

29 iyul kuni Qalmoqqir kon boshqarmasi Sharqiy karerida ishchilarni mehnatga safarbarlik qilish jarayonida ishchi xodimlar bilan “Kelgusida baxtsiz hodisalarning oldini olish” mavzusida tushuntirish, tashviqot ishlari olib borildi.

Unda “Olmaliq KMK” AJ Mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi bo’limi boshlig’ining o’rinbosari Kamol Ismayilov, Qalmoqqir kon boshqarmasi bosh mutaxassislari Abdulaziz Shodiyev, Aleksandr Volkovskiy, kon boshqarmasi bosh muhandisining MM va XT bo’yicha o’rinbosari v.b. Murod Karimqulov va sohaning yetakchi mutaxassislari ishtirok etishdi.

Dastlab, Sharqiy karer kunduzgi smena ustasi Muhammadali Berdiboyevning smena davomida ishchilar tomonidan amalga oshirilgan ishlari yuzasidan hisoboti tinglandi. Kunduzgi smena ustasi kechki smenaga ishni topshirar ekan, yuzaga kelgan kamchiliklar bo’yicha ham to’liq ma’lumot berdi. Kunduzgi smenada har bir ekskovator brigadasi o’ziga yuklatilgan vazifalarni qay darajada bajarganligi ham e’tibordan chetda qolmadi. Kechki smena ustasi Jaloliddin Alimov kechki smenaga ishni qabul qilib olar ekan, o’z ishchilariga naryad topshiriq berdi va ishchi xodimlarga ishlarni xavfsiz olib borish yuzasidan ishchilarga MM va XT bo’yicha joriy yo’riq o’tdi.

Shundan so’ng, “Olmaliq KMK” AJ Mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi bo’limi boshlig’ining o’rinbosari Kamol Ismayilov so’zga chiqib, ishchi xodimlarga kelgusida baxtsiz hodisalarning oldini olish yuzasidan qo’shimcha tushuntirish ishlarini olib bordi. Kombinat miqyosida sodir bo’lgan baxtsiz hodisalardan Avtomobil transport boshqarmasining traktor parkidagi avtogreyder haydovchisi K.Turdaliyev bilan sodir bo’lgan, oqibati og’ir baxtsiz hodisa sabablari chuqur tahlil qilinib, ishchi xodimlarga tegishli ehtiyot choralarini ko’rish yuzasidan topshiriqlar berildi. Kamol Ismayilov bo’lib o’tgan baxtsiz hodisalar tahliliga to’xtalar ekan, sodir bo’layotgan baxtsiz hodisalarning aksariyat qismi inson faktoriga bog’liq ekanligini, ya‘ni ishchi xodimlarga qo’yilayotgan xavfsizlik talablariga rioya qilmasligi, unga qo’yilgan vazifalarni to’liq bajarmasligi oqibatida baxtsiz hodisalar yuz berayotganini alohida ta’kidlab, Sharqiy karerda olib borilgan oxirgi tekshiruv natijasiga ham to’xtaldi. Va aniqlangan kamchiliklarning aksariyat qismi tashkiliy ya‘ni ishchi xodimlar tomonidan bartaraf qilinsa bo’ladigan kamchilikla r ekanligini ma’lum qilib bir qator kamchiliklarni misol keltirdi: ekskavatorlarda mashinist va uning yordamchilari tomonidan ekskavator qismlarining yetarli darajada tozalanmayotgani, elektr jihozlarining yerga ulanmaganligi, himoya to’siqlarining nosozligi va boshqalar shular jumlasidandir.

Tadbir davomida ishchilar bilan olib borilgan savol javoblar natijasida, ishchilarning maxsus kiyim bosh, hamda maxsus himoya vositalari bilan ta’minlanishi bo’yicha kamchiliklar aniqlandi. Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mutasaddi xodimlarga topshiriqlar berildi.

Ish joylarida ichimlik suvlarining yetarli darajada ta’minlanganligi hamda korxona oshxonalarida tayyorlanayotgan ovqatlarning sifati yaxshilanganligi ham ta’kidlandi.

SH.TILOVBERDIYEV

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech