http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Tadbirlar

Oltinoy - eng yaxshi kran mashinisti

on .

Rux zavodida kombinat tashkil topganligining 70 yilligiga bag’ishlanib ayollar o’rtasida “Eng yaxshi kran mashinisti” kasb mahorati tanlovi o’tkazildi.

Kran mashinistlarining malakasini oshirish, ish sifati va mehnat sharoitini yaxshilash, ish samaradorligini ko’tarish va uning natijadorligini hamda xavfsiz mehnatni ta’minlashda yoshlarning mehnat mahsuldorligini oshirish maqsadida o’tkazilgan tanlovda Kuydirish va Veltslash sexlaridan jami bo’lib 10 nafar kran mashinistlari ishtirok etishdi.

Tanlov ikki bosqichda o’tkazildi. Birinchi bosqichda qatnashchilar har kuni bajaradigan vazifalarini mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi qoidalariga, shuningdek ish yo’riqnomalariga rioya qilgan holda amaliyotda ko’rsatib berishdi. Tanlovning ikkinchi bosqichida mashinistlarning o’z kasbining nazariy jihatdan qay darajada bilishlari, MM va XT borasidagi bilimlari sinovdan o’tkazildi. Va yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanish, birinchi tibbiy yordam haqida bilishi va yordam ko’rsatilishi ham sinaldi.

Tanlov yakunlariga ko’ra, barcha shartlarni a’lo darajada bajargan Veltslash sexi kran mashinisti Oltinoy Navro’zova birinchi o’ringa munosib ko’rildi. Ikkinchi o’rinni esa Kuydirish sexi kran mashinisti Zuhra Baybatova egalladi. Uchinchi o’rin Veltslash sexi kran mashinisti Xumora Nishonovaga nasib etdi.

Tanlov g’oliblari kombinat xodimlari Kasaba uyushmasi Kengashi tomonidan diplom va qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlanishdi.

Axborot xizmati

 

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech