http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Tadbirlar

Oila mustahkamligi ikki tomonga bog’liq

on .

Kuni kecha Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati O’zLiDeP Olmaliq shahar Kengashi majlislar zalida “Olmaliq KMK” AJ Kovuldi koni hamda Uy-joylarni ta’mirlash va ulardan foydalanish boshqarmasi boshlang’ich partiya tashkiloti a’zolari ishtirokida davra suhbati o’tkazildi.

Unda “Jonajon O’zbekistonim, mangu bo’l omon!” shiori ostida “Oila muqaddas dargoh, Sog’lom oila - mustahkam oila” hamda “Yoshlar kelajagimiz” Davlat dasturlarining mazmun-mohiyatini shahrimiz yoshlariga yetkazish masalalari ko’rib chiqildi.

Tadbirda Olmaliq shahar hokimi o’rinbosari, Xotin-qizlar qo’mitasi raisi Kamola Umaraliyeva, shahar FHDYo bo’limi xodimi R.Abdunazarova, shahar “Oila” ilmiy-amaliy markazi rahbari B.Tangirova, O’zLiDeP Olmaliq shahar Kengashining mas’ul xodimlari, partiya faollari, boshlang’ich partiya tashkiloti a’zolari ishtirok etishdi.

Davra suhbatidan asosiy ko’zlangan maqsad - xotin-qizlarning madaniyatini yuksaltirish, umuminsoniy va milliy oilaviy qadriyatlarni, er-xotin, ota-ona va farzandlar, er-xotin va ularning ota-onalari o’rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash, zamonaviy oilalarni shakllantirish hamda “Oila jamiyat va davlat himoyasida” konstitutsiyaviy printsipini keng targ’ib etish va jamiyatga singdirish masalalarida faol ishtirok etish, xotin-qizlarni o’ylantirayotgan muammolar monitoringini o’tkazish, bu muammolarni hal etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish, oila institutini mustaxkamlash, oilaviy ajralishlarning oldini olishda mahalla va fuqarolik jamiyati institutlari rolini kuchaytirishdan iboratdir

Tadbirda so’z olgan O’zLiDeP Olmaliq shahar Kengashi apparati hamda deputatlik guruhi rahbari A.Shodiyev bugungi kunda oilaviy nizolar, oilaviy ajrimlar jamiyat rivojlanishining eng katta to’siqlaridan bo’layotganligini ta’kidladi. Va jamiyatda oila institutlarini mustahkamlash borasida ishlab chiqilgan “Farovon oila” hamda “Sog’lom oila - mustahkam oila” loyihalari doirasida o’tkazilib kelinayotgan tadbir va targ’ibot ishlari xaqida ma’lumot berdi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech