http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Tadbirlar

Xavfsizlik choralarini kuchaytirish zarur

on .

“Olmaliq KMK”AJ Sherobod sement zavodida ishchi-xodimlar ishtirokida yong’inni oldini olish va yong’in xavfsizligini ta’minlashga doir yig’ilish bo’lib o’tdi.

Yig’ilishda zavod direktori va rahbar xodimlari hamda Yong’in xavfsizligi bo’limi profilaktika yo’riqchisi R.Safarovlar qatnashib, unda so’zga chiqqan korxona direktori E.Murodov qo’riqlanayotgan zavod ob’ektlarida Yong’indan muhofaza qilish bo’linmasi tomonidan yong’in xavfsizligini ta’minlash va uni oldini olish chora-tadbirlarini yanada kuchaytirish masalasiga alohida to’xtalib o’tdi. Shuningdek, zavodda talon-tarojlik va o’g’riliklarni oldini olish, mavjud moddiy boyliklarni yong’indan saqlash va ularga qarshi kuchli nazorat o’rnatish, yong’in xavfsizligini ta’minlash, targ’ibot-tashviqot ishlarini olib borish maqsadida yong’in o’chirish mashinasi bilan texnik namoyish o’tkazish va ko’rgazmali chiqishlar qilish zarurligini ta’kidladi. Shundan so’ng, YoXB profilaktika yo’riqchisi R.Safarov o’z chiqishida Respublikamizda sodir bo’layotgan yong’inlar va ularning oqibatlari haqida gapirib, Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo’yicha Ilmiy ishlab chiqarish birlashmasining omborxonasida kuzatilgan yong’in va ko’rilgan chora-tadbirlar to’g’risidagi ma’lumotlar bilan yig’ilganlarni tanishtirdi. Zavod mas’ullari tomonidan mavjud yong’inga qarshi ichki va tashqi suv manbalari, yong’inga qarshi asbob-anjomlar, suv uzatish nasoslari hamda yong’in o’chirgichlarning doimiy soz holda bo’lishini ta’minlash va ulardan foydalanish qoidalarini har bir ishchi-xodim bilishlari, suv manbalarini kuzgi-qishki va qishki-bahorgi mavsumlarda ko’rikdan o’tkazish, aniqlangan kamchiliklarni o’z vaqtida bartaraf etish bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqqan holda uni amalga oshirish yuzasidan tushunchalar berib o’tildi. Yig’ilish so’nggida ishchi-xodimlarning yong’in xavfsizligini ta’minlashga doir bergan savollariga mutaxassislar batafsil javoblar berishdi. 

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech