http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Tadbirlar

“Qizil oy”da baliq ovi

on .

Mamlakatimiz mustaqilligining 28 yilligi hamda “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJning 70 yilligi oldidan kombinatda bir qator tadbirlar tashkil etilmoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri Iste’mol mollari ishlab chiqarish boshqarmasi tomonidan 24 avgust kuni “Qizil oy” dam olish maskanida o’tkazildi.

OKMK ishchi-xodimlari o’rtasida tashkil etilgan “Baliq ovi” tanlovida ishtirokchilar ikki soat mobaynida baliq ovlashlari kerak edi. Tanlovda g’oliblar turli nominatsiyalar orqali aniqlandi. Jumladan, “Eng tez baliq ovlovchi” nominatsiyasida Avtomobil transporti boshqarmasi Traktor parki ishchisi Yorqin Abdullayev g’olib bo’ldi. “Eng yirik baliq ovlovchi” nominatsiyasida 1,7 kg. baliq tutgan STTB 2-temiryo’l sexi vakili Tohir Po’latov birinchi bo’ldi. “Eng ko’p baliq ovlovchi” nominatsiyasiga 4 dona baliq tutgan MTMZ vakili Abdulatif Mavlyanov munosib ko’rildi. Tanlovda “Eng yoshi ulug’ baliq ovlovchi” deb ATB 7-avtokorxona ishchisi Xursanali Dadaboyev, “Eng yosh baliq ovlovchi” IMICHB kasanachi-sabzavotchisi Erkin Turdiboyevlar topildi.

Tanlov g’oliblari kombinat xodimlari Kasaba uyushmasi Kengashi tomonidan ajratilgan esdalik sovg’alari bilan taqdirlanishdi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech