http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Tadbirlar

An’analar davom etadi

on .

“Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining eng yirik transport korxonasi hisoblangan Sanoat temiryo’l transporti boshqarmasi hamda shahrimiz ta’lim muassasalari o’rtasidagi uzoq yillardan beri davom etib kelayotgan hamkorlik yildan yilga yangi mazmun kasb etib borayapti.

13-umumta’lim maktabi moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, mavjud bino va inshootlarni ta’mirlash ishlariga doimo bosh-qosh bo’lib kelayotgan temiryo’lchilarni shahrimizdagi 80-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida ham saxovatli otaliq tashkiloti sifatida bilishadi.

Yangi o’quv yili boshlanishi munosabati bilan mazkur bilim maskanida STTB tomonidan tashkillashtirilgan xayriya tadbiri har doimgidan sermazmun o’tdi.

Dastlab, yangi o’quv yili boshlanishiga bag’ishlangan tantanali tadbirda maktab tarbiyalanuvchilari tomonidan tayyorlangan madaniy-ma’rifiy konsert dasturi tadbir mehmonlariga namoyish etildi. Boshqarma ma’muriyati, kasaba uyushmasi qo’mitasi va Yoshlar ittifoqi tomonidan yozilgan bayram dasturxoni ayniqsa, bolalarga manzur bo’ldi. Bolajonlar sevib iste’mol qiladigan shirinliklar, muzqaymoqlar hamda mazali palov minnatdorchilik kayfiyatida tanovul qilindi.

Maktab tarbiyalanuvchilari ko’rsatilgan mazkur iltifot uchun samimiy tashakkurini bildirishib, yangi o’quv yilida a’lo baholar, namunali xulqlari bilan ota-onalar va xomiy tashkilotlar ishonchini oqlashga va’da berishdi. Mazkur tadbir tashkillashtirilishida tashabbus ko’rsatgan Ahror Abdurashidov rahbarlik qilib kelayotgan 1 TYTS jamoasi tomonidan o’quvchilarga o’quv qurollaridan iborat sovg’alar ham topshirildi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech