http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Tadbirlar

Ozon qatlamini asraylik!

on .

Joriy yilning dekabr oyida mamlakatimiz siyosiy hayotida muhim voqelik – Parlamentga hamda mahalliy Kengashlarga deputatlik saylovlari bo’lib o’tadi. Ushbu muhim siyosiy tadbirga yurtimizda faoliyat yuritib kelayotgan siyosiy partiyalar allaqachon tayyorgarlikni boshlab yuborishgan.

Avval harakat sifatida ish boshlagan, so’ngra siyosiy partiya sifatida qayta ro’yxatdan o’tib, faoliyatini davom ettirayotgan O’zbekiston Ekologiya partiyasi ham o’z oldiga bir qator saylovoldi vazifalarni qo’ygan.

Saylov kampaniyasi oldidan O’zbekiston Ekologiya partiyasi o’ziga xos tadbir o’tkazishni rejalashtirdi.

Ushbu tadbir bugun, ya’ni 18 sentyabr kuni soat 12.00da “OKMK” sport majmuasida bo’lib o’tadi. Butun dunyoda muammoga aylangan ozon qatlamini asrash Insoniyat oldida turgan dolzarb vazifadir. Ekologiya partiyasi ana shu dolzarb vazifani hamkorlikda hal etish maqsadida  barchani o’z atrofiga birlashtiradi.  O’zida ozon qatlamini himoya qilishni aks ettiruvchi ma’lumot va fotosuratlar tushirilgan havo shari shahrimizdan ko’kka parvoz qiladi.

 Aziz hamshaharlar!

Sizlarni ona-sayyoramizni asrash, uni kelajak avlodga bus-butun yetkazish maqsadida o’tkazilayotgan ushbu betakror tadbirga taklif etamiz.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech