http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Tadbirlar

Innovatsion g’oyalar

on .

18 sentyabr kuni «MISiS» Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti Olmaliq filialida kombinatimizning 70 yilligiga bag’ishlab o’tkazilgan innovatsion g’oyalar tanlovining final bosqichi bo’lib o’tdi.

Kombinat rahbariyati hamda Yoshlar ittifoqi tomonidan tashkil etilgan tanlovda turli korxona va tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan 35 yoshgacha bo’lgan faol, ijodkor va tashabbuskor yoshlar hamda «MISiS» Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti Olmaliq filiali va Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali talabalari ishtirok etishdi. Tanlov ishtirokchilari ikki xil nominatsiyada -  «Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida ishlab chiqarishida innovatsiya va texnologiyalar» hamda «Ijtimoiy sohada innovatsiyalarning qo’llanilishi» mavzularidagi g’oyalari bilan qatnashishdi.

Tanlovga taqdim qilingan ko’plab innovatsion g’oyalar nafaqat hakamlarda, balki tanlov ishtirokchilarida ham katta qiziqish uyg’otdi. Loyihalarni ko’rib chiqish uchun ratsionalizator takliflar byurosiga taqdim etildi.

Tanlovning yakuniy natijalariga ko’ra, «Olmaliq kon metallurgiya kombinatida ishlab chiqarishiga innovatsiya va texnologiyalar» nominatsiyasida Yangi texnologiyalar markaziy laboratoriyasining Mis metallurgiyasi bo’limi boshlig’i v.b. Orifjon Usmonqulov birinchi o’rinni egalladi. Ikkinchi o’ringa esa Mis eritish zavodi Havo taqsimlash sexi apparatchisi Mirzamurod Jo’rayev loyiq ko’rildi. Tanlovning uchinchi o’rini esa Avtomobil transporti boshqarmasi traktor parkining ekspluatatsiya bo’yicha boshlig’i o’rinbosari Bahrom Niyazmetovga nasib etdi.

«Ijtimoiy sohada innovatsiyalarni qo’llash» nominatsiyasida esa kuchli uchlikdan Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish boshqarmasi ishlab chiqarish texnologiyalarini boshqarish tizimlarini avtomatlashtirish xizmatining 1-toifali muhandis loyihalovchisi Ildar Kenjibayev,  Mis boyitish fabrikasi Ishlab chiqarish texnologiyalarini boshqarish tizimlarini avtomatlashtirish boshlig’i v.b. Jamshid Ibragimov, Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali talabasi Shuhratjon Xudoymuratovlar joy olishdi. Biz bu haqda xodimimiz Munira Nazarova xabar bermoqda.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech