http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Tadbirlar

Xavfsizlik texnikasi - bosh mezon

on .

Ixtisoslashtirilgan ta’mir ishlari boshqarmasi hamda kombinat O’quv markazi hamkorligida 18 sentyabr kuni elektrpayvandlovchilar uchun o’quv seminari tashkillashtirildi.

Boshqarmaning bino va inshootlarni ta’mirlash va kimyoviy himoya ishlari uchastkasining o’quv xonasida dastlab, boshqarma muhandis-texnik xodimi Baxtiyor Xodjimuratovning elektr payvandlash ishlarini olib borish texnikasi va texnologiyalari, mazkur jarayonlarning bosqichlari hamda sifat mezonlariga doir slayd dars soati o’tkazildi. Payvandlash ishlarini sifat mezonlari doirasida olib borishda mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi qoidalari muhim ahamiyat kasb etadi. Korxona MM va XT muhandisi Sardorxon Nodirxonovning ma’ruzasida aynan ana shu jihatlar keng tahlil qilib berildi. Uchastka negizida tashkil etilgan payvandlash poligonida elektrpayvandlovchilar nazariy bilimlarini amalda ko’rsatib berishdi. Namuna tariqasida berilgan plastinalarning payvandlanishi mutaxassislar tomonidan baholab borildi. Payvandlash ishlariga hozirlik, ish qurollaridan foydalanish, ishlarni bajarish davomida hamda ishlar yakunida xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilinishiga bosh mezon sifatida qaraldi. O’quv markazi mutaxassislari va ishlab chiqarish ustalari o’quv xonalari, poligonning jihozlanishi yuzasidan o’z takliflarini bildirib o’tishdi. Boshqarmaning 8 ta uchastkasida ayni kunga kelib 274 nafar elektrpayvandlovchilar mehnat qilib kelishadi. Ularning kasb mahoratlarini oshirish, nazariy va amaliy bilimlarini mustahkamlab borish, ilg’or tajribalarni ommalashtirish, mavjud muammolarga oqilona yechimlar topish maqsadida bu kabi tadbirlarni doimiy ravishda korxona ishchi-xodimlari o’rtasida o’tkazib borish jamoaning yillik o’quv rejasidan o’rin olgan.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech