http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Tadbirlar

Zarnigor – «Eng yaxshi laborant»

on .

19 sentyabr kuni Mis eritish zavodi sex va bo’limlarida mehnat qilayotgan laborantlar o’rtasida “Eng yaxshi laborant” kasb mahorat tanlovi o’tkazildi.

Tanlov ishtirokchilari o’z kasblariga oid testlarni yechishdi va savollarga javob berishdi. Shuningdek, xavfsizlik texnikasi borasidagi bilimlar ham sinovdan o’tkazildi. Laborantlar favqulodda holat yuz berib, ishchining suyagi singanida hamda qon ketishida birinchi tez tibbiy yordam berishni amalda ko’rsatib berishdi.

 Tanlov yakuniga ko’ra, Noyob metallar ishlab chiqarish sexi laboranti Zarnigor Nizomova “Eng yaxshi laborant” nomiga sazovor bo’ldi.  Sulfat kislota sexi vakilasi Sevara Hafizova esa ikkinchi o’rinni egalladi. Havo taqsimlash sexi sharafini himoya qilgan Nasiba Abdullayeva uchinchi o’rin bilan kifoyalandi.

Axborot xizmati

 

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech