http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Tadbirlar

“Kasbim - faxrim”

on .

Mehnat insonni ulug’laydi. Kasbiy mehnat esa uni yana ham yuksak martabalarga ko’taradi. 19 sentyabr kuni shahrimizdagi Konchilik kasb-hunar kollejida OKMKning 70 yilligiga bag’ishlab “Kasbim-faxrim” madaniy-ma’rifiy tadbiri bo’lib o’tdi.

Tadbirni ochar ekan kollej direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari Rashid Salohiddinov, Vatanimiz taraqqiyoti, uning dunyoning rivojlangan demokratik davlatlari qatoridan o’rin olishi ko’p jihatdan o’sib kelayotgan yosh avlodning salohiyati, bilimga chanqoqligi, ilm-fan cho’qqillarini o’zlashtirishi va yuksak ma’naviy qiyofasiga bog’liq ekanligini hamda kollej va mehnat jamoasi hamkorligi mazkur yo’nalishda muhim ahamiyat kasb etayotganini bildirib o’tdi. Qalmoqqir kon boshqarmasi bosh muhandisi Umidjon Tojiboyev Olmaliq kon-metallurgiya kombinati yangi investitsion loyihalar ijrosida shu kunga kelib iqtidorli va serg’ayrat yoshlarga tayanilayotgani, bilim maskanida olingan bilimlari asosida yosh ishchi-xodimlar murakkab, yangi kon texnikalarini ishonch bilan boshqarib borishayotganini mamnuniyat bilan gapirdi. Shuningdek, tadbirda ishtirok etgan “Olmaliq KMK” AJ ijro apparati Inovatsiya, ilm-fan bo’limi boshlig’i Mirzahmad Ermanov, O’quv markazi kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash bo’limi boshlig’i Mirzamahmud Tog’ayev, mazkur markaz ishlab chiqarish ustasi Baxtiyor Niyozmetovlar yosh avlodga, xususan talabalarga berilayotgan e’tiborning samarasi sifatida yoshlarimiz turli sohalarda qo’lga kiritayotgan yutuqlar yurtimiz ertasiga xizmat qilishini va kelgusi faoliyatlari uchun nazariy bilimlar bilan mustahkam poydevor o’rnatish zarurligini ta’kidladi.

Tadbir davomida 7 ta konchilik, metallurgiya, boyitish, temiryo’l transporti, laboratoriya tahlillari, energetika hamda maktabgacha ta’lim yo’nalishlari o’quvchilari OKMKning ishlab chiqarish jarayonlari, istiqbollari hamda ijtimoiy-ma’rifiy madaniy yo’nalishlarda olib borayotgan ishlari aks ettirilgan sahna asarlari, slayd lavhalarini mahorat bilan namoyish etishdi. Tadbirning mazmunan boy, serqirra va yuksak tarbiyaviy ahamiyatga yo’naltirilgan holda o’tkazilishiga maxsus fanlar o’qituvchilari N.Sultonova, N.Muzaffarova, D.Tohirova, M.Mavlyanova, ta’lim ustalari M.Ro’zmetova, J.Sharipov, umumta’lim kafedrasi mudiri G.Mamayusupovalar jonbozlik ko’rsatishdi.

Tadbir yakunida faol o’quvchilarga OKMKning sovg’alari topshirildi. Kollej o’quvchilari tanlagan kasblari sir-asrorlarini qunt bilan o’rganish hamda yaqin kelajakda kombinat mehnat jamoasi an’analarining shonli vorisi bo’lishni o’zlari uchun sharaf deb hisoblashlarini bildirib o’tishdi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech