http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Tadbirlar

Eng yaxshi flotator-2019

on .

Bugun kombinat o’quv markazida “Eng yaxshi flotator-2019” kasb-mahorat tanlovining ikkinchi yakuniy bosqichi o’tkazildi. Unda kombinat boyitish fabrikalarida mehnat qilayotgan flotatorlar g’oliblik uchun bellashdilar. Tanlov shartlariga ko’ra, ishtirokchilar ikki bosqichda o’z mahoratlarini namoyish etishdi.

Amaliy qismda ishtirokchilar kundalik ish majburiyatlarini me’yorda bajarilishini, texnologiyaga amal qilinishi, moddiy resurslarni tejash, mehnat muhofazasi qoidalarining bajarilishi bo’yicha talablarni ado etishgan edi. Ikkinchi nazariya shartida esa ishtirokchilar mehnat muhofzasi bo’yicha bilimlarini, ish joyida  ishlab chiqarishga ijodiy yondashishi, yuqori mehnat madaniyati, maxsus kiyim bosh va shaxsiy himoya vositalaridan to’g’ri foydalanish kabi ko’nikmalarini sinovdan o’tkazishdi.

Tanlov yakuniga ko’ra, Mis boyitish fabrikasi flotatori Nargiza Abdumurodova, “Eng yaxshi flotator”, deya e’tirof etildi. Angren KB flotatori Qobil Haydarov esa ikkinchi o’rinni egalladi. MBFning yana bir vakili Feruza Jo’rayeva esa uchinchi o’ringa loyiq deb topildi.

G’oliblar kombinat xodimlari kasaba uyushmasi Kengashining pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi va kasb toifalari ham oshiriladigan bo’ldi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech