http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Tadbirlar

Nargiza - eng yaxshi flotator

on .

Zamonaviy boyitish jarayonlarida qimmatbaho komponentlarni tarkibiy ajratish uchun qo’llanib kelinayotgan eng ommalashgan va samarador texnologiya - boyitmalarning flotatsiya jarayoni hisoblanadi.

Foydali qazilmalarning flotatsiya jarayonida turli-tuman texnologik sxemalar qo’llaniladi. Flotatsion sxemani tanlash boyitilayotgan mahsulotning flotatsion xossasiga, boyitmaning sifatiga qo’yilayotgan talablar va bir qator texnik-iqtisodiy omillarga bog’liq.

Flotatsiya jarayonlarining borishi va natijalarida bir nechta omillar muhim ahamiyat kasb etadi. Ular jumlasiga foydali qazilmalarning mineralogik tarkibi, yoyiqlik tusi va boshqa xususiyatlari, qattiq fazasining donabay(granulometrik) jihatlari- pulpaning zichligi, harorati, suvning tarkibi, reagentlar rejimi, flotatsiya mashinasining konstruksiyasi va boshqalarni kiritish mumkin. Bu omillarning optimal ahamiyati aniqlanib olinishi va doimiy ravishda bir xil ushlab turilishi lozim. Mazkur omillardan xattoki birining buzilishi texnologik jarayonlarni to’liq izdan chiqarishi mumkin. Olmaliq kon-metallurgiya sharoitlarida asosan sulfidli rudalar boyitilishini e’tiborga oladigan bo’lsak, sulfidli rudalarda bir vaqtning o’zida bir nechta sulьfidlar bo’lishi, flotatsiya jarayonida esa ularni kam mineralli kontsentratlarga ajratib olish zarur bo’ladi. Shu sababli ham sulfidli rudalarni flotatsiya jarayonida murakkab va turli xil ko’rinishlari mavjud. Ko’plab sulfidli minerallarning qiymat bahosi ularda bir necha xil rangli metallarning sulfidlari mavjudligi bilan emas, balki oltin, kumush, reniy, selen, tellur, oltingugurt (pirit va pirrtin ko’rinishida) kabi qimmatbaho minerallar mavjudligi bilan ham yuqori bahoga ega. Sulfidli rudalar sulfidli minerallarning yuqori flotatsiya xususiyatiga ega ekanligi bois flotatsiya usulida boyitish uchun juda qulay ob’yekt hisoblanadi. Tabiatda mis minerallarining 170dan ortiq turi mavjud bo’lib, ular orasida sanoat ahamiyatiga egalari quyidagilar: sulfidli-xalkopirit, bornit, xalkozin, kovellin, enargit, oksidli-malaxit, azurit, xrizokolla, xalkantit, kuprit. Bugungi kunga kelib kombinat boyitish fabrikalarida asosiy, nazorat, qayta tozalash kabi flotatsiya sxemalari qo’llanilgan minerallar tarkiblanib kelinadi.

Kombinat O’quv markazida kuni kecha bo’lib o’tgan “OKMKning eng yaxshi flotatori” ko’rik tanlovida yuqorida keltirib o’tilgan flotatsiya jarayonlari vazifalarini amalga oshirib kelayotgan MBF, 2-MBF va Angren kon boshqarmalarining 13 nafar flotatorlari ikki bosqichda g’oliblik uchun kurash olib borishdi. Kombinat ijro apparati, korxonalar hamda OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi mutaxassislaridan iborat hakamlar hay’ati tomonidan ishtirokchilarning bilim va mahoratlari baholab borildi. Amaliy shartda ishtirokchilar kundalik ish majburiyatlarini me’yorda bajarilishi, texnologiyaga amal qilinishi, moddiy resurslarni tejash, mehnat muhofazasi qoidalarining bajarilishi bo’yicha talablarni ado etishgan bo’lishsa, ikkinchi nazariya shartida esa ular mehnat muhofazasi bo’yicha bilimlarini, ish joyida ishlab chiqarishga ijodiy yondashishi, yuqori mehnat madaniyati, maxsus kiyim-bosh va shaxsiy himoya vositalaridan to’g’ri foydalanish kabi ko’nikmalarini sinovdan o’tkazishdi.

Tanlovning yakuniy natijalariga ko’ra, MBF xodimasi Feruza Jo’rayeva sovrinli uchinchi o’ringa munosib deb topildi. Angren kon boshqarmasi Oltin saralash fabrikasi flotatori Qobil Haydarov ikkinchi natijani qayd etib, sovrindorlar qatoridan o’rin oldi. Yuqori ishlab chiqarish ko’rsatkichlari, boy nazariy bilimlari va amaliy bosqichlardagi natijalari bilan yuqori ballni to’plagan MBF flotatori Nargiza Abdumurodova “OKMKning eng yaxshi flotatori” ko’rik tanlovi g’olibligini qo’lga kiritdi. Tanlov g’oliblari kombinat xodimlari kasaba uyushmasi Kengashining diplom hamda rag’batlantiruvchi pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech