http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Tadbirlar

Mis eritish zavodida bayram tantanalari

on .

Bugun kombinat texnologik zanjirining kulminatsion nuqtasi bo’lgan Mis eritish zavodida OKMK tashkil topganligining 70 yilligi keng nishonlandi.

Bir dasturxon atrofiga jam bo’lgan metallurglarni MEZ direktori Baxtiyor Vaqqosov qutlug’ sana munosabati bilan samimiy muborakbod etdi.

Ko’p yillar davomida zavodda ishlab, erishilayotgan yutuqlarga o’z hissalarini qo’shib kelayotgan bir guruh ilg’or ishchilar kombinat rahbariyati tomonidan esdalik sovg’alari bilan taqdirlanishdi.

Tadbirning badiiy qismida  “Metallurg” MS badiiy ijodkorlik guruhlarining konsert dasturi barchaga manzur bo’ldi. Ayniqsa, zavod yoshlari tomonidan tayyorlagan hajviy sahna ko’rinishlari ishchilarga xush kayfiyat bag’ishladi. 

Ishchilar o’rtasida tashkil etilgan turli xil sport musobaqalari ham tadbirni qiziqarli o’tishini ta’minladi.

Murodjon Karimov,

MEZ yoshlar ittifoqi raisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech