http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Tadbirlar

Chodak kon boshqarmasi: yubileyga mehnat yutuqlari bilan

on .

Xabaringiz bor, kombinatning 70 yillik yubiley to’yi barcha korxonalarda katta shodiyonalar bilan kutib olindi. Jumladan, Chodak kon boshqarmasida ham bu qutlug’ sana ko’tarinkilikda nishonlandi.

19 oktyabr kuni o’tkazilgan bayram tadbiri avvalida kon boshqarmasi direktori Ahmadjon Abdulxamedov so’z olib, barcha kombinat mehnat ahlini bayram bilan muborakbod etar ekan, o’tgan 9 oy davomida chodaklik konchilar ko’zlangan natijalarga erishganini ta’kidlab, quyidagi ma’lumotlarni keltirib o’tdi. Xususan, joriy yil yanvar-sentyabr holatiga Chodak KB mehnat jamoasi tomonidan ruda qazib olish 106%ga, birinchi metall 101%ga, ikkinchi metall 107%ga, tog’ tayyorlov ishlari rejasi 106,5%ga, qidiruv-lahm o’tish ishlari 106,9%ga, foydali qazilmalarni qazib olish vazifasi 103,2%ga uddalangan. Raqamlardan ham ko’rinib turibdiki, chodaklik konchilar o’zlariga yuklatilgan vazifalarni yorug’ yuz bilan ado etishmoqda.

Bayram tadbiri davomida uzoq yillar kon boshqarmasida mehnat qilib, hozirda keksalik gashtini surayotgan bir guruh mehnat faxriylari, ilg’or ishchi-xodimlar rahbariyatning esdalik sovg’alari bilan taqdirlanishdi. Chodak kb kasaba uyushmasi qo’mitasi tomonidan tashkillashtirilgan yutuqli lotoreya o’yini ayyomni yanada xushnudlikda o’tishini ta’minladi. Ayniqsa, “Metallurg” MS ijodiy guruhlari tomonidan ijro etilgan raqslar hamda sho’x-shodon qo’shiqlar davraga bayramona kayfiyat olib kirdi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech