http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Tadbirlar

Anrenlik konchilarning zafar shodiyonasi  

on .

Ma’lumki, Angren kon boshqarmasi 2002 yilda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tarkibiga qo’shilishi bilan o’zining yangi yuksalish davrini boshladi.

So’nggi yillarda boshqarmada olib borilgan modernizatsiyalash, texnik va texnologik yangilanishlar uning yanada rivojlanishiga turtki berdi. Istiqbolli investitsion dasturlarning ijrosi esa korxona ishlab chiqarish quvvatlarining oshishiga xizmat qildi. Ayni kunga kelib boshqarma konlarining yillik ishlab chiqarish quvvatlari 740 ming tonna rudani tashkil etayotgani angrenlik konchilarning shijoatli mehnati mahsulidir. Bu o’z navbatida okmkning 70 yilligiga bag’ishlangan bayram tadbirining o’ziga xos ko’tarinki kayfiyatda nishonlanishida muhim omil bo’ldi. Tadbirni ochar ekan Angren kon boshqarmasi direktori Irina Bayazitova, yuqori mehnat ko’rsatkichlari uchun konchilarga o’z tashakkurini bildirib o’tdi.

O’zbekiston psixologlar assosiatsiyasi a’zosi, kombinat bosh psixologi viloyat davletova mamlakatimiz tarixi, bugungi kunida muhim o’rinda turgan va istiqbolli ertasida ham yuqori mavqeda qoluvchi ohangaron vohasi ahli hamda angrenlik konchilarni qutlug’ ayom bilan muborakbod etib, mashaqqatli va mas’uliyatli ishlarida ulkan zafarlar tiladi. Turli xil sport o’yinlari, milliy sahna ko’rinishlari bilan davom etgan bayram kechasida bir guruh ishlab chiqarish ilg’orlariga qimmatbaho sovg’alar topshirildi. Mamlakatimiz poytaxt viloyatini farg’ona vodiysi bilan bog’lovchi katta yo’l bo’yida yangragan kuy-qo’shiqlar, sho’x raqslarga ulanib, dillarni xushnud etdi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech