http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Tadbirlar

Quruvchilar ayyomni xushkayfiyatda nishonlashdi

on .

“Olmaliqmetallurgqurilish” tresti ishchi-xodimlari uchun kombinatimiz 70 yillik sanasi xush onlarni taqdim etgani haqiqat.

Uzoq yillik mehnati ortidan jamoada hurmat qozongan, qolaversa, OKMK AJ rahbariyatining buyrug’i asosida III darajali “Konchilik sharafi” ko’krak nishoniga munosib ko’rilgan Botir Kantayev, shuningdek, Anvar Ataqulov hamda Jamoliddin Abdujabborovlar Faxriy yorliq va qimmatbaho sovg’alarga ega bo’lishdi.

Darvoqe, bayram arafasida trest tasarrufidagi boshqarma va uchastka ishchilari orasida mini futbol bo’yicha o’tkazilgan chempionatda Ixtisoslashtirilgan ishlar boshqarmasi ishchilari 1-o’rinni egallashdi. Shuningdek, Komil Tojiboyev “Eng yaxshi darvozabon” hamda Sohibjon Qarshiboyev “Eng yaxshi to’purar” nominatsiyasini qo’lga kiritdi.

Bayram tadbirlari barchaga yuqori kayfiyat ulashgan bo’lsa, 18 nafar hamkasblarimizning kayfiyati yanada yuqori pog’onaga ko’tarildi. Ular telefon, mini duxovka, mikroto’lqinli pech, changyutgich, go’sht qiymalagich, muzlatgich kabi qimmatbaho sovg’alarning egasiga aylanishdi.

- Oila bekasi uchun eng katta ko’makchi bo’lgan jihozlardan biri - muzlatgich. Omadim kelib, ARTEL muzlatgichiga ega bo’ldim. Eng avvalo, barcha ishchi-xodimlarga birdek munosabatda bo’lgan kombinat rahbariyatidan minnatdorman. Mehnatimiz bilan nafaqat trestimiz yuksalishiga, balki kombinatimiz rivojiga ham o’z hissamizni qo’shamiz degan niyatdaman, - deydi qurilish-montaj ishlari ustasi Umida Dushaboyeva.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech