http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Tadbirlar

Ayolligingizni unutmang aziz opa-singillar!

on .

Ayol nazokat, nafosat va hayo timsolidir. Ayol o’zining muloyimligi, ibosi ila ajralib turadi. Ammo so’nggi paytlarda ba’zi ayollarning noo’rin hatti-harakatlari, odob-axloq chegarasidan chiqish holatlari uchramoqdaki, barchamiz birdek bunday holatlarning oldini olishga mas’ul ekanligimizni unutmasligimiz kerak.  Ushbu fikr-mulohazalar 5 noyabr kuni Avtomobil transporti boshqarmasi Yoshlar ittifoqi, kasaba uyushmasi qo’mitasi hamda kombinat xodimlari Kasaba uyushmasi Kengashi qoshidagi xotin-qizlar bilan ishlash komissiyasi hamkorligida tashkil etilgan davra suhbatida bildirildi.

"Ayollar o’rtasidagi axloqiy muammolar" mavzusida tashkil etilgan davra suhbatida bugungi kunda kombinat korxonalarida mehnat qilayotgan ba’zi ayollar o’rtasida uchrayotgan ayol kishiga xos bo’lmagan hatti-harakatlar qoralandi.

Tadbir mobaynida yosh oilalarda yuzaga kelayotgan ajrimlar, ularni oldini olish omillari, oilada er-xotin munosabatlari, oila mustahkamligi borasida mutaxassislar tomonidan ma’lumotlar berib o’tildi.

Tadbirda Olmaliq shahar otinoyisi Hurmatoy Hafizova, kombinat xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi psixologi Viloyat Davletova, kombinat xodimlari kasaba uyushmasi kengashi qoshidagi xotin-qizlar masalalari bo’yicha komissiya raisi Sanobar Narinbayeva, ATB boshlig’i o’rinbosari Otabek Maxmadiyarov, ATB kasaba uyushmasi raisi Olimjon Ahmedovlar ishtirok etishdi.

Jasur Tog’ayev,

ATB Yoshlar ittifoqi raisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech