http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Tadbirlar

«Maymoqvoy va Masha» teatr shousi «Metallurgda»

on .

O’zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasining madaniy aloqalarini yanada mustahkamlash, ikki davlat o’rtasidagi kelishuvlarni amalga oshirish, aholining keng qatlamlarini, ayniqsa, yoshlarni rus teatrlari ijodi bilan yaqindan tanishtirish maqsadida Toshkent viloyati hokimligi nazorati ostida 10 noyabr kuni Olmaliq shahrining muhtasham «Metallurg» madaniyat saroyida «Maymoqvoy va Masha» teatrlashgan tomoshasi bo’lib o’tdi.

10 noyabr kuni tashkillashtirilgan Moskva shou teatrining ushbu ertagini tomosha qilish uchun Bo’ka tumani 15-sonli «Mehribonlik uyi»ning 32 nafar, Chirchiq shahar 14-sonli «Mehribonlik uyi»ning 33 nafar, Angren shahar 34-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internatning 80 nafar, Angren shahar 73-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internatning 176 nafar o’quvchi-tarbiyalanuvchilari tashrif buyurishdi.

Haqiqiy ertaknamo qiyofa kasb etgan madaniyat saroyini to’ldirib o’tirgan bolakaylar ko’zida olam-olam quvonch porladi. Kichkintoy muxlislar «Maymoqvoy va Masha. Detektiv hikoya» tomoshasi orqali ertak qahramonlari bilan birgalikda yo’qolib qolgan archa va bayram stolining shirinliklarini izlashdi.

Maymoqvoy va Masha bilan birgalikda ertaklar olamiga sayohat qilgan bolajonlar uchun maxsus shou teatrining ramziy belgisi tushirilgan futbolkalar taqdim etildi. Ushbu libosda turnaqator bo’lib tizilib o’tirgan kichkintoylar shu kuni bir umrga tatigulik shirin xotiralarga ega bo’lishdi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech