http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Tadbirlar

Targ’ibot ishlari olib borildi

on .

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 30 iyuldagi “Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy sohani 2019-2020 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga kompleks tayyorlashni ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Olmaliq KMK” AJ Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo’yicha ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi hududidagi barcha sex va uchastka binolarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash ishlari olib borilmoqda.

Ushbu mavsumda yong’in xavfsizligini ta’minlash dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Ma’lumki, ob-havoning keskin sovishi natijasida issiqlikka bo’lgan talab ham oshadi, natijada yong’inlar ro’y berishi o’z-o’zidan ko’payadi. Ularning oldini olish maqsadida birlashmaning yong’in xavfsizligi xizmati hodimlari ishchi va xizmatchilar bilan keng ko’lamli profilaktik tadbirlarni amalga oshirishmoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri kuni kecha birlashmaning majlislar zalida tashkil etildi. Tadbirda birlashma bosh mutaxassislari, sex va ko’ngilli yong’in o’chirish drujinasi boshliqlari hamda 82 nafar ishchi-xizmatchilar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida ishchi-xodimlar va xizmatchilarga kuz-qish mavsumida ish joyida hamda aholi yashash xonadonlarida yong’in xafsizligi qoidalari va talablariga rioya etish, yong’in vaqtida to’g’ri harakatlanish va yong’in o’chirish anjomlaridan foydalanish tartiblari, qo’lbola elektr va gaz isitish pechlari, nosoz elektr jihozlaridan foydalanmaslik, elektr asboblarini o’chirmasdan qarovsiz qoldirmaslik, yosh bolalarni nazoratsiz qoldirmaslik, elektr tarmog’iga yuqori quvvatli bir nechta elektr asbobini ulash tarmoqqa og’irlik qilishi va yong’in kelib chiqishiga sabab bo’lishi mumkinligi, qo’lbola saqlagichlardan foydalanish oqibatlarida yong’in chiqishi muqarrarligi hamda is gazidan saqlanishlar bo’yicha keng qamrovli tushuntirish, targ’ibot ishlari olib borildi.

Shubhasiz, bu kabi tadbirlar yong’in xavfsizligini ta’minlash yo’lida olib borilayotgan barcha amaliy harakatlarga yuqori samara beradi.

 

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech