http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Tadbirlar

Baxtimiz qomusi

on .

Har qanday davlatning bosh qonuni Konstitutsiya hisoblanadi.

Mamlakatimiz Bosh Qomusida jamiyat va davlat, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tuzilish hamda faoliyatining asosiy printsiplari, ularning vakolatlari, fuqarolarning asosiy huquq va burchlari, jamiyat va shaxs o’rtasidagi munosabatlar  belgilab berilgan. Amaldagi barcha qonunlar va boshqa hujjatlar Konstitutsiya negizida va unga muvofiq tarzda qabul qilinadi.

Ta’kidlash kerakki, 1992 yil 8 dekabrda XII chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasida qabul qilingan Konstitutsiyamiz mamlakatimizda huquqiy-demokratik davlat qurish va erkin fuqarolik jamiyatini barpo etishning huquqiy poydevori bo’lib xizmat qilmoqda.

Ushbu fikr-mulohazalar 5 dekabr kuni 2-Mis boyitish fabrikasi ishchi-xodimlari uchun tashkil etilgan davra suhbatida bildirildi. Mamlakatimiz konstitutsiyasining 27 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan davra suhbatida kombinat xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi huquqshunosi Mirshohid Mavlyanov ishchilarga Bosh qomusimiz haqida batafsil ma’lumotlar berib o’tdi.

Tadbirda ishchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga huquqshunosdan batafsil javob olishdi.

Bobur Qayumov,

2-MBF kasaba uyushmasi qo’mitasi raisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech