http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Tadbirlar

“Kitob tafakkur qanoti”

on .

«Kitob – aqliga haqi so’ramaydigan eng yaxshi xazina» degan edi g’azal mulkining sultoni, mashhur mutafakkir, shoir Alisher Navoiy. Qaysi zamonda yashasangiz ham kitob o’z ahamiyatini yo’qotmaydi. Kitob – insonni yuksalish sari yo’naltiradi. Zamon rivojlanib, kanchadan-qancha yetuk texnika, texnologiyalar yaratilmoqda. Ammo, ular kitobning o’rnini bosa olmaydi. Kitob o’qigan odamning yo’li hamisha yorug’ bo’ladi. Kecha “Olmaliqmetallurgqurilish” trestida ham aynan “Kitob tafakkur qanoti” mavzusida o’tkazilgan kitobxonlik tadbirida badiiy adabiyot, kitob o’qishning foydali jihatlari haqida so’z bordi.

Kombinat bunyodkorlari uchun tashkil etilgan ushbu madaniy-ma’rifiy tadbirda kombinat xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi badiiy kutubxonasi kutubxonachisi Muhayyo Ortiqova, kasaba uyushmasi Kengashining madaniy-ma’rifiy ishlar komissiyasi raisi Ra’no Xolxo’jayevalar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida trest ishchisi, “Jilg’a” yoshlar etnografik uyushmasi a’zosi, havaskor shoir Botir Norboyev o’z ijod namunalarini ishchilar hukmiga havola etdi.

Muhayyo Ortiqova esa hozirgi kunda badiiy kutubxonadagi   eng sara adabiyotlar bilan ishchilarni tanishtirib, barchani kitob mutolaasi uchun kutubxonaga taklif etib qoldi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech