Tadbirlar

STTBning eng yaxshi elektromontyori-2019

on .

16 dekabr kuni Sanoat temiryo’l transporti boshqarmasida sex, bo’lim va xizmatlarning elektromontyorlari o’rtasida “STTBning eng yaxshi elektromontyori-2019” kasb-mahorat tanlovi o’tkazildi.

Tanlov ishtirokchilari dastlab, birinchi shartda o’z kasb ko’nikmalarini nazariy jihatdan sinovdan o’tkazishadi. Tanlovning ikkinchi amaliy shartida esa ishtirokchilar elektrsxemalar bilan ishlashni hakamlar hay’atiga ko’rsatib berishdi.

Tanlov yakunlariga ko’ra, faxrli uchinchi o’ringa Signalizatsiyalashgan markaziy bloklash xizmati jihozlar elektromontyori Lazizjon Suyunov sazovor bo’ldi.

Ikkinchi o’rin esa Elektr ta’minoti xizmatining  havo liniyalari elektromontyori Sanjar Kargibayevga nasib etdi.

Tanlov g’olibi, deya ushbu xizmatning yana bir vakili  Shohrux Akbaraliyev e’tirof etildi.

G’oliblar kombinat xodimlari kasaba uyushmasining esdalik sovg’alari bilan taqdirlanishdi. Shuningdek, tanlov g’olibining kasb toifasi ham oshiriladigan bo’ldi.

Kamoliddin Maxatov,

STTB kasaba uyushmasi qo’mitasi raisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech