Tadbirlar

Uddalangan topshiriq

on .

...Yangi yil bayrami arafasida Qorbobo bolajonlardan kelgan xatlar bilan tanisha boshlaydi. Xatlarda bolajonlar Qorbobodan turli xil istaklarini bajarishini so’raydi. Kutilmaganda bolajonlardan kelgan xatlarni yovuz o’lmas Kashchey o’g’irlab ketadi. Yangi yil bayrami xavf ostida qoladi. O’lmas Kashchey esa bolalarga turli xil yovuzliklarni targ’ib qiluvchi o’yinchoq qurollarni tarqatishni maqsad qiladi. Qorbobo xatlarni qaytarish uchun Qorbola Morkovkin va Qorqiz Kosichkinalarni safarga jo’natadi. Ularga esa Admiral yordam beradi. O’lmas Kashchey ularni to’xtatish uchun bor qora kuchlarini ishga soladi. Bolajonlarning yordami bilan O’lmas Kashchey taslim bo’lib, xatlarni Qorboboga qaytaradi. Ezgulik yovuzlik ustidan g’alaba qozonadi...

Ushbu voqealar Yangi yilda bolajonlarga quvonch ulashish maqsadida “Metallurg” madaniyat saroyi xodimlari tomonidan tayyorlangan “Uddalangan topshiriq” nomli ertak ssenariysidan edi.

Bugun “Metallurg” MSda boshlangan ertak tomoshalari 10 yanvarga qadar davom etib, har kuni bolajonlar uch seansda ertak tomoshasini ko’rish imkoniyatiga egalar.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech