http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Tadbirlar

Sanjar turnir g’olibi bo’ldi

on .

27 dekabr kuni Olmaliq kon-metallurgiya kombinati Uy-joylarni ta’mirlash va ulardan foydalanish boshqarmasi ishchilari o’rtasida sportning tosh ko’tarish turi bo’yicha turnir tashkil etildi.

Turnirda 10 nafar ishtirokchi g’oliblik uchun bahs olib borishdi. Musobaqa yakuniga ko’ra, eng ko’p tosh ko’targan chilangar-santexnik Sanjar Kanayev turnir g’olibi bo’ldi. Uning hamkasbi Tursunpo’lat Ibodullayev esa ikkinchi o’rinni egalladi. Tom qoplovchi Rahmonjon Sherqanotov esa uchinchi o’ringa munosib topildi.

Gazelektrpayvandlovchi Ro’zivoy Pirimqulov hamda chilangar-santexnik Olim Nishonovlar ham munosib ishtirok etishdi.

G’oliblar kombinat xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi tomonidan esdalik sovg’alari bilan rag’batlantirildi.

 

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech