A- A A+

Tadbirlar

Amaliyotchilar xavfsizligi - birinchi galdagi masala

on .

“Olmaliq KMK” AJ O’quv markazi xodimlari va kombinat korxonalarida ishlab chiqarish amaliyotini o’tovchi o’quvchilarga kasb-hunar kollejlaridan biriktirilgan ishlab chiqarish ta’limi ustalari ishtirokida seminar tashkil etildi.

Ushbu seminardan asosiy ko’zlangan maqsad - amaliyotni sifatli hamda xavfsiz tashkil qilishdan iborat.

Seminarda O’quv markazi boshlig’i v.b. Hasan Usmonov ishtirokchilarga amaliyotchilarni amaliyot davrida baholab borish bo’yicha o’z ko’rsatmalarini berdi. Mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi muhandisi M.Ashirbekova mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi bo’yicha qonun-qoidalar bilan tanishtirib o’tdi. O’quv markazi muhandisi B.Niyazmetov esa seminar ishtirokchilariga amaliyotni tashkil etish bo’yicha Nizomdagi talablar to’liq bajarilishi lozimligini ta’kidladi.

Seminar yakunida ishtirokchilar amaliyot haqida o’zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan javob oldilar.

Shahboz RAHMONOV,

O’quv markazi muhandisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech