A- A A+

Tadbirlar

Jinoyatga jazo muqarrar

on .

...O’g’irlik, ya’ni o’zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O’g’irlik:

a) jabrlanuvchining kiyimi, sumkasi yoki boshqa qo’l yukidagi ashyoga nisbatan (kissavurlik);

b) ancha miqdorda;

v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;

g) uy-joy, omborxona yoki boshqa xonaga g’ayriqonuniy ravishda kirib sodir etilgan bo’lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O’g’irlik:

a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;

b) kompyuter tizimiga ruxsatsiz kirib;

v) ko’p miqdorda;

g) neft quvurlarida, gaz quvurlarida, neft va gaz mahsulotlari quvurlarida sodir etilgan bo’lsa, — besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O’g’irlik:

a) juda ko’p miqdorda;

b) o’ta xavfli retsidivist tomonidan;

v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko’zlab sodir etilgan bo’lsa, — sakkiz yildan o’n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O’zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksi 169-moddasi.

Ushbu ma’lumotlar Mis eritish zavodi Misni elektrolizlash sexida jinoyatchilikning oldini olish, qimmatbaho metallar va tovar moddiy boyliklarni saqlash, ichki tartib qoidalarga rioya etish bo’yicha o’tkazilgan profilaktik tadbirda bildirib o'tildi.

Unda MEZ direktorining xavfsizlik, qimmatbaho metallar butligi hamda fuqaro muxofazasi bo’yicha o’rinbosari D.Hamzayev, Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari D.Yakubov va S.Matyakubov, kasaba uyushmasi qo’mitasi raisi Sh.Umaraliyevlar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida mas’ullar tomonidan zavod hududida ichki mehnat tartib qoidalariga amal qilish, sodir etiladigan har qanday huquqbuzarilk va jinoyatga jazo muqarrarligi ta’kidlandi.

Shuningdek, tadbirda favqulodda vaziyatlarda qanday harakat qilish lozimligi ham batafsil tushuntirildi.

Murodjon Karimov,

MEZ Yoshlar ittifoqi raisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech