A- A A+

Tadbirlar

Kadrlar masalasi hamisha diqqat markazimizda

on .

Prezidentimizning 2020 yil 24 yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasining ahamiyati, undan kelib chiqadigan vazifalar shu kunlarda mamlakatimizdagi barcha mehnat jamoalarida, vazirlik va tashkilotlarda o’rganilmoqda.

Bugun “Olmaliq KMK” AJ O’quv markazida markaz xodimlari bilan o’tkazilgan uchrashuvda ham davlatimiz rahbarining Murojaatnomasi xususida so’z yuritildi.

Prezidentimiz o’z murojaatnomasida joriy o’quv yilidan boshlab mutlaqo yangi professional ta’lim tizimi yo’lga qo’yilib, 340 ta kasb-hunar maktabi, 147 ta kollej va 143 ta texnikum tashkil etilishi, kadrlar malakasini xalqaro mehnat bozori talablariga moslashtirish maqsadida milliy malaka tizimi ishlab chiqilishi, ushbu tizim 9 mingga yaqin kasblar bo’yicha kadrlar tayyorlash imkonini berishi haqidagi fikrlarni bildirib o’tdi, - deydi OKMK Ijro apparati xodimlar bo’limi boshlig’i o’rinbosari Doniyor Karimov. – Muhtaram yurtboshimizning murojaatnomasidan kelib chiqqan holda kombinatda ham xodimlarning malakasini oshirish uchun sifatli o’quvlarni tashkil etish chora-tadbirlarini belgilab oldik. Bundan tashqari, 2020 yilda O’quv markazida sifatli ta’lim yo’lga qo’yiladi.

Tadbirda Murojaatnoma bo’yicha o’zaro fikr-mulohazalar almashildi.

Baxtiyor Niyazmetov,

O’quv markazi muhandisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech