A- A A+

Tadbirlar

Biz jinoyatchilikka qarshimiz

on .

30 yanvar kuni 2-Mis boyitish fabrikasining maydalash bo’limida «Biz jinoyatchilikka qarshimiz» mavzusida profilaktik davra suhbati tashkil etildi.

Unda O’zbekiston Respublikasi IIV 1-sonli IIB boshlig’i B.Musurmonov va 1-sonli IIB xodimlari K.Nazirov, U.Abdusattorov hamda fabrika rahbariyati ishtirok etdi.

Tadbirda jinoyatlikning oldini olish, sodir etilgan jinoyatning huquqiy oqibatlari, jinoyatga jazo muqarrarligi haqidagi fikr-mulohazalar bildirildi. Shuni alohida ta’kidlash joizki fabrika yoshlar ittifoqi uchun 2020 yilda jinoyatchilikning oldini olish ustuvor yo’nalishlardan biri sifatida belgilangan.

Doniyor Tulaganov,

2-MBF boshlig’ining tovar moddiy boyliklari

butligini saqlash va tartibot bo’yicha o’rinbosari

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech