Tadbirlar

Ishchilar psixologik holatini o’rganish muvaffaqiyatli boshqaruvni ta’minlaydi

on .

“Olmaliq KMK” AJ Avtomobil transporti boshqarmasining Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumanida joylashgan 5-sonli avtokorxonasida korxona rahbariyati va ishchi-xodimlar bilan ochiq muloqot, shu bilan birgalikda hozirgi kunda kombinat korxonalarida doimiy ravishda olib borilayotgan ishchilarning psixologik holatlari va oilaviy muammolarini o’rganish yuzasidan olib borilayotgan ishlar davomi sifatida seminar-trening o’tkazildi.

Ush bu uchrashuvda kombinat xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi psixologi Viloyat Davletova hamda avtokorxona rahbari Abduhakim Fozilovlar ishtirok etishdi.

So’zga chiqqan psixolog Viloyat Sobitovna hozirgi davrda mehnat samaradorligi faqat ishlab chiqarishning texnika bilan qurollanish darajasiga emas, balki ishlab chiqarish jamoasi ijtimoiy tarkibi, jamoada ishchilar munosabatini boshqarish darajasi, ishlovchilar faolligi darajasiga bog’liq ekanligini, shundan kelib chiqqan holda jamoa ijtimoiy rivojlanishi, yuqori unumli mehnat uchun qulay sharoit yaratishga alohida e’tibor berish zarurligini ta’kidlab o’tdi. Shuningdek, mehnat jamoasida normal ruhiy sharoit yaratish, ishchi-xodimlar psixologik holatlarini chuqur o’rganish, hamkorlik va o’zaro yordam munosabatini o’rnatish, intizomni mustahkamlash va jamoa oldida javobgarlik hissini tarbiyalash, ishchi-xodimlar shaxsiyatiga, uning imkoniyatlari va talablariga e’tiborni kuchaytirish ham muvaffaqiyatli boshqaruv garovi ekanligini bildirdi. Bundan tashqari, belgilangan maqsadga erishish yo’lida jamoa a’zolarini jipslashtirish uchun ular manfaat va ehtiyojlarini ustalik bilan muvofiqlashtirish hamda faoliyatlarini moddiy va ma’naviy rag’batlantirish zarurligini misollar bilan tushuntirib berdi.

Suhbat so’nggida ishchilar o’zlarini qiziqtirgan savol va mulohazalar bilan murojaat qilishdi va tegishli javoblarni oldilar.

Jasur TOG’AYEV,

ATB boshlig’ining yoshlar masalalari bo’yicha yordamchisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech