http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Tadbirlar

Profilaktik tadbir

on .

6 fevral kuni Mis eritish zavodining Metallurgiya sexi maydalash va shixtalash bo’limi hamda  Ta’mir mexanika sexida jinoyatchilikning va ajrimlarning oldini olish mavzusida profilaktik tadbir o’tkazildi.

Unda O’zbekiston Respublikasi IIV 1-sonli IIB xodimlari Umid Ortiqov, Temur Egamqulov, MEZ direktorining xavfsizlik, qimmatbaho metallar butligi va fuqaro muhofazasi bo’yicha o’rinbosari Davronbek Hamzayev, zavod kasaba uyushmasi qo’mitasi raisi Sherali Umaraliyevlar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida mas’ullar joriy yil 24 yanvar kuni Prezidentimizning parlamentga yo’llagan murojaatnomasi mazmun-mohiyatini tadbir ishtirokchilariga tanishtirib o’tishdi. Tadbir mobaynida har qanday huquqbuzarlik jazosiz qolmasligi ta’kidlandi. Oiladagi tinchlik ishlab chiqarishda yutuqlar omili ekanligi batafsil tushuntirilib, ayniqsa, hozirgi kunda yosh oilalarda arzimagan bahonalar bilan ajrimlar kuzatilayotganligi haqida aytib o’tildi.

Murodjon Karimov,

MEZ yoshlar ittifoqi raisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech