http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Tadbirlar

Profilaktika tadbiri

on .

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi qarori hamda 2020 yil 24 yanvardagi O’zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 1/107 sonli "Fevral oyini huquqbuzarliklar profilaktikasi oyligi deb tashkil etish to’g’risida"gi farmoyishiga asosan, 5 fevral kuni Rux zavodining Elektrolit sexidagi ishchi-xodimlar o’rtasida yig’ilish o’tkazildi.

Tadbirda O’zbekiston Respublikasi IIV 1-sonli IIB TB katta surishtiruvchisi, mayor D.Sabriyev, TB katta tergovchisi kapitan I.Jo’raqulov, TB surishtiruvchisi G’.Umarov, "Olmaliq KMK" AJ Rux zavodi Tovar moddiy boyliklarini saqlash bo’yicha direktor o’rinbosari M.Mirzanovlar ishtirok etishdi.

Tadbirda mas’ullar tomonidan jinoyatchilikka qarshi kurash tizimi, xuquqbuzarliklar va uni oldini olish bo’yicha chora tadbirlar, jinoyat xaqida ma’lumot, O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi haqida, jinoyatchilik va uning salbiy oqibatlari holatlari bo’yicha tushuntirish ishlari olib borildi. Korxonada ishlaydigan har bir ishchi hodimlarning o’ziga biriktirilgan ish joylarida bo’lishi, o’z vaqtida ishga kelishi va ishdan o’z vaqtida uyga ketishi tartibga olinishi, bundan tashqari, huquqbuzarliklar va jinoyatlarni sodir etishga moyilligi bo’lgan ishchi hodimlarni alohida nazoratga olishni, agarda ular tomonidan jinoyat sodir etiladigan bo’lsa uning salbiy oqibatlari aytib o’tildi.

T.Saydullayev,

 Rux zavodi yoshlar ittifoqi raisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech