http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Tadbirlar

“Oilangizni asrang ayollar”

on .

Joriy yilning 7 fevral kuni Iste’mol mollari ishlab chiqarish boshqarmasi Yoshlar ittifoqi va kasaba uyushmasi qo’mitasi tashabbusi bilan boshqarmada hamda uning qoshidagi Tikuvchilik sexida sex xotin-qizlarining talablariga binoan “Oilangizni asrang ayollar” mavzusiga bag’ishlangan davra suhbati o’tkazildi.

Mazkur tadbirda 100 nafardan ortiq ishchi-xodimlar ishtirok etdi.

Davra suhbatida korxona Yoshlar ittifoqi raisi so’zga chiqib, yurtboshimizning 2020 yilning 24 yanvar kuni Oliy Majlisga yo’llagan Murojaatnomalarida qayd etilgan, ya’ni joriy yilda mamlakatimizda amalga oshiriladigan eng asosiy va ustuvor vazifalarga qisqacha to’xtalib, ular to’g’risida ma’lumotlar berib o’tdi. Ayniqsa, Prezidentimizning oilaviy ajrimlarni oldini olishda yurtimizning har bir fuqarosi mas’ul ekanligini ta’kidlaganliklarini bildirdi.

Ushbu davra suhbatiga taklif etilgan mehmon - “Olmaliq KMK” AJ xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi psixologi Viloyat Davletova, oilaning mustahkam bo’lishiga salbiy ta’sir etuvchi bir qator omil va sabablar haqida so’z yuritib, misollar keltirib o’tdi. Jumladan, oilada ajrim holatlarining yuzaga kelishiga asosan ayollar sababchi bo’layotganligini, yosh kelinlarimiz sabr-toqatli bo’lmasdan, er va uning oila a’zolari hurmatini joyiga qo’ymayotganliklarini, bobo-yu buvilarimizning “Yaxshisini oshir, yomonini yashir” degan naqliga amal qilmasdan, balki uning aksini qilib, oiladagi kichik muammolarni yosh kelinlarimiz o’z onalari bilan “dildan suhbatlashib”, ko’nglini yorishi natijasida oxir-oqibat qaynona-kuyov, qaynona-kelin, quda-andalar o’rtasida katta nizolar kelib chiqayotganiga batafsil to’xtaldi. Natijada oila deb atalmish baxt qasrining parokanda bo’lib ketayotganligini, bu esa jamiyatimizdagi eng achinarli holat ekanligini ta’kidladi.

Tadbir yakunida oilani qanday asrash kerakligi aks etgan videorolik namoyish etildi va videorolik haqidagi fikr-mulohazalar keskin bahs-munozaralarga boy tarzda yakunlandi.

Abror KOMILOV,

IMICHB Yoshlar masalalari bo’yicha boshliq yordamchisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech