http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Tadbirlar

O’zbegim mard yigitlari

on .

14 fevral kuni “Metallurg” MSda Vatan himoyachilari kuniga bag’ishlab "O’zbegim Mard yigitlari" ko’rik-tanlovi o’tkazildi.

Tanlovda Avtomobil transporti boshqarmasidan Bahrom Karimov, “Olmaliqmetallurgqurilish” trestidan Botir Norboyev, Rux zavodidan Ilxom Anarbayev, Mis eritish zavodidan Abbos Rahimov, Idoraviy harbiylashtirilgan qo’riqlash xizmatidan G’anisher Jumayev, Markaziy tahlil laboratoriyasidan Ravshanjon Solijonov, Mis boyitish fabrikasidan Nurmuhammad Cho’lpanovlar ishtirok etishdi.

Tanlov ishtirokchilari raqs tushish, qo’shiq kuylash, sahna ko’rinishi namoyish etishdi, jismoniy mashq bajarish kabi shartlar bo’yicha bellashdilar.

Tanlov shartlariga ko’ra, Botir Norboyev hakamlar e’tirofiga sazovor bo’lib, tanlov g’olibi bo’ldi. Shuningdek, boshqa ishtirokchilar quyidagi nominatsiyalar nominantlari bo’lishdi. Jumladan, "Eng iqtidorli"- Abbos Raximov, "Eng quvnoq" – Nurmuhammad Cho’lpanov, "Eng jasoratli" – G’anisher Jumayev, "Eng aqlli" -   Ravshanjon Solijonov, "Eng mohir” – Bahrom Karimov, "Eng ijodkor" – Ilhom Anarbayev.

Ishtirokchilar kombinat xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi tomonidan estalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.

Abduvohid Shodiyev,

Kombinat xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi yetakchi mutaxassisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech