Tadbirlar

Fabrika yoshlari hammadan oldinda bo’lishi lozim

on .

19 fevral kuni Mis boyitish fabrikasida “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish kuni” munosabati bilan “Yoshlarda vatanparvarlik, yurtga sadoqat, oila muqaddasligi, keksalarni e’zozlash va daxldorlik hissini uyg’otish hamda yosh kadrlar malakasini oshirish” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi.

Unda MBF direktori R.Sidiqov, DXX xodimi S.Yakubov, MK QX B.Jumayev, Ramazoni sharif jome masjidi bosh imom xatibi noibi A.Mirzahmedov, MBF direktorining qimmatbaho metallarni saqlash bo’yicha o’rinbosari L.Aysinlar ishtirok etishdi.

Davra suhbatida,  “Yoshlarda vatanparvarlik, yurtga sadoqat, oila muqaddasligi, yoshi ulug’larga hurmat va daxldorlik hissini uyg’otish”,  “Yoshlarda jinoyatchilik, terrorizm, davlat mulkini talon taroj qilish kabi salbiy illatlarga qarshi ham qonuniy, diniy va mafkuraviy immunitetni oshirish”,  “Malakali yosh kadrlarni qo’llab-quvvatlash, yoshlarda malaka oshirish, mas’ul lavozimlarda ishlash va shuning bilan Vatan ravnaqiga o’z hissasini qo’shish borasidagi yuksak maqsadlarni shakllantirishga ko’maklashish”,  “2020 yil ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” kabi  mavzudagi masalalar ko’rib chiqildi.

- Insonning barcha salbiy illatlar domiga tushishi, gunoh ishlarga qo’l urishi, barchasi iymon bilan bog’liq - deydi, A.Mirzahmedov. - Insonning iymoni but bo’lsa aqidaparastlarning domiga tushmaydi, turli terrorchilik harakatlari guruhlariga qo’shilmaydi, giyohvand moddalar qabul qilmaydi va jinoyat sodir etmaydi. Hozirgi kunda yoshlarimiz turli ijtimoiy tarmoqlardagi yolg’on ma’lumotlarga ishonib, turli bo’xton va yolg’on ma’lumotlarga aldanib qolmasligi kerak. Siz yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlarini qadriga yeting.

Tadbir davomida so’z olgan MBF direktori R.Sidiqov o’z nutqida yoshlardan umidi katta ekanligini, fabrika yoshlarining nafaqat kombinat, balki Olmaliq shahrida ham doimo birinchi bo’lishlari kerakligini ta’kidladi. Yoshlar o’rtasida o’tkazilayotgan sport musobaqalarida, kasb mahorat tanlovlarida, intellektual o’yinlarda, barcha soha bo’yicha yoshlar hammaga o’rnak bo’lishi kerakligini aytib o’tdi. Bu maqsadga erishishda qanday yordam kerak bo’lsa yoshlar uchun doimo yordamga tayyor ekanligini bildirdi.

Tadbir mobaynida mas’ullar mavzular bo’yicha o’z fikr-mulohazalarini bildirib o’tishdi.

Ulug’bek ALIMOV,

MBF direktorining yoshlar masalalari bo’yicha yordamchisi.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech