http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Tadbirlar

Umid - tanlov g’olibi

on .

O’z yo’nalishi bo’yicha Markaziy Osiyoda yagona kompleks korxona hisoblangan “Olmaliq KMK” AJ Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo’yicha ilmiy ishlab chiqarish birlashmasida bugungi kunda 9 ta asosiy va 7 ta yordamchi sexlar mavjud bo’lib, ularda murakkab texnologiyalar asosida gidrometallurgiyali, kukunli hamda qattiq qotishmali metallkeramika, shuningdek jahon bozorida raqobatbardosh hisoblangan molibden va volframli mahsulotlar ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan.

Kombinatning istiqbolli korxonalaridan biri bo’lgan Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo’yicha ilmiy ishlab chiqarish birlashmasida iqtidorli yoshlar talaygina. Yoshlarning iqtidorlarini yuzaga chiqarish, ilg’or tajribalarni ommalashtirish va rahbar-xodimlar zahirasini mustahkamlash maqsadida kuni kecha birlashmada “Eng yaxshi yosh rahbar” ko’rik-tanlovi o’tkazildi. Korxonaning turli sex va uchastkalarida mehnat qilib kelayotgan 15 nafar intiluvchan ishchi-yoshlar g’oliblik uchun kurash olib borishdi. Tanlov shartlarini bajarishda iste’dod mahoratlari, tashkilotchilik va rahbarlik qirralarini nomoyon eta olgan Shavkat Yuldoshev tanlov sarg’olibi sifatida e’tirof etildi. Qizlar o’rtasida, shu jumladan, o’z jamoasida yetakchilik qobiliyatini to’laligicha ko’rsata olgan Munisa Yusupova ikkinchi o’ringa munosib ko’rildi.

Birlashmaning yana bir umidli yoshlaridan bo’lgan Umid Ernazarov sovrinli uchinchi o’rin sohibi bo’ldi. Tanlov ishtirokchilari va g’oliblari maxsus diplomlar hamda esdalik sovg’alari bilan taqdirlanishdi. Shuningdek ular, umumkombinat miqyosida bo’lib o’tadigan ko’rik-tanlovda ishtirok etish uchun yo’llanmani ham qo’lga kiritdilar.

Nurbek XAYRULLAYEV,

NMQQICHB Ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi Yoshlar ittifoqi raisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech