Tadbirlar

Profilaktik tadbir

on .

Bugun Iste’mol mollari ishlab chiqarish boshqarmasining Tikuv sexida hozirda butun dunyoda dolzarb masalaga aylangan koronavirus kasalligi bo’yicha profilaktik tadbir o’tkazildi.

Profilaktik tadbirda qatnashgan sex terapevti Abduhakim Mavlanov, kasallikning yuqish yo’llari, uni oldini olish uchun nimalarga e’tibor qaratish lozimligi to’g’risida batafsil ma’lumot berib o’tdi.

-  Qo’lni doimo sovun bilan yuvish yoki qo’l uchun maxsus sanitarlik gelidan foydalaning, yo’tal paytida og’iz va burunni dastro’molcha yoki qo’l bilan to’sish, gripp bilan kasallangan bemorlar bilan muloqotdan qoching, go’sht va tuxumni yaxshilab maromida qaynashiga e’tibor bering, yovvoyi va uy hayvonlari bilan himoyalanmagan muloqotdan qoching, deydi - A.Mavlanov.

Tadbir davomida ishchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi. 

Zarifa Baymatova,

IMICHB kasaba uyushmasi qo’mitasi raisi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech