A- A A+

Tadbirlar

"Mo’jizalar karvoni"da yangi yil

on .

Ijtimoiy ob'ektlar boshqarmasi tasarrufidagi 35-sonli "Mo’jizalar karvoni" maktabgacha ta'lim muassasasida bugunga kelib 13 ta bolalar guruhlari faoliyat yuritib kelmoqda.

Mazkur muassasa guruhlarida yangi yil ertaliklariga bu yil o’zgacha hozirlik ko’rildi. Tarbiyachilar va musiqa rahbarlari hamkorligida biri-biridan sermazmun bayram ssenariylari ishlab chiqildi.

Jumladan, Dildora Mirzaeva va Hilola Uralovalar rahbarlik qiluvchi "Kamalak" guruhi tarbiyalanuvchilari uchun "Yangi yilda maymuncha bolalarga quvonch olib kelar" nomli yangi yil ertaligi tashkillashtirildi. Bolajonlar sevimli ertak qahramonlari bilan uchrashishdi va ezgulik tantanasi uchun Qorbobo va Qorqiz bilan birgalikda sarguzashtlar guvohi bo’lishdi. Ertalik so’nggida Qorbobodan bayram sovg’alarini olishdi.

Yangi yil arafasida Ijtimoiy ob'ektlar boshqarmasi tasarrufidagi 15 ta maktabgacha ta'lim muassasalarining 3000 nafardan ziyod tarbiyalanuvchilariga Olmaliq kon-metallurgiya kombinati rahbariyati va Kasaba uyushmasi kengashi tomonidan bayram sovg’alari topshirildi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech