A- A A+

Tadbirlar

Keksalarga yangi yil sovg’alari

on .

Ma'lumki, yurtboshimiz tashabbusi bilan "Keksalarni e'zozlash yili" deya nom olib, kuni-kecha o’z poyoniga yetgan yilda mamlakatimizda yoshi ulug’ insonlarga hurmat-ehtirom, mehr-oqibat ko’rsatish an'analari keng ko’lamda amalga oshirilib kelindi.

Xususan, ko’pming sonli "Olmaliq KMK" AJda ham kombinat va Kasaba uyushmalari kengashi tomonidan keksalarning ijtimoiy himoyasini ta'minlash, ularning sermazmun hayoti va boy tajribasini yoshlarga ibrat sifatida ko’rsatish maqsadida qator tadbirlar, davra suhbatlari, uchrashuvlar o’tkazildi. Har bir aziz kunlar va tantanalarda bayram dasturxonlari yozilib, sovg’alar tuhfa etilgan holda hurmat ko’rsatildi. Kirib kelgan yangi 2016 yil arafasida ham shahrimizda istiqomat qilib, qarilik gashtini surayotgan 20 nafar ikkinchi jahon urushi ishtirokchilariga bayram pullari, 170 nafar mehnat fronti, 20 nafar Chernobil AES va Afg’on urushi qatnashchilari, 80 nafar kam ta'minlangan hamda 29 nafar boquvchisini yo’qotgan oilalarga oziq-ovqat jamlamalari, shuningdek shirinliklardan iborat Yangi yil sovg’alari tarqatildi. 

Ma'naviy hayotimiz va qadriyatlarimizning ajralmas qismiga aylangan bunday an'analar kombinatda bardavomdir.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech