Tadbirlar

Kombinatning O’zLiDeP boshlang’ich partiya tashkiloti respublikada birinchi

on .

"Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi" Siyosiy Kengashi Ijroiya qo’mitasining qarorlariga asosan, respublikamiz bo’ylab o’tkazilgan partiyaning "Eng namunali shahar Kengashi", "Eng namunali boshlang’ich partiya tashkiloti", "Eng yaxshi deputat" ko’rik-tanlovlari o’z nihoyasiga yetdi.

Yangi yil arafasida O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo’mitasi tashabbusi bilan o’tkazilgan tanlovning yakunlovchi bosqichi poytaxtda bo’lib o’tdi. Tanlov ishtirokchilarining faoliyati aks ettirilgan lavhalar va ularning chiqishlarini O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo’mitasi raisi va uning o’rinbosarlari, Oliy Majlis qonunchilik Palatasi deputatlari va bir qator mutasaddi tashkilot rahbarlari baholab borishdi. Ko’rik-tanlov nizomiga asosan, ishtirokchilar 10 ga yaqin yo’nalishdagi amaliy ishlariga qarab baholandi.

Mazkur tanlovda Respublikamizda faoliyat yuritayotgan 10 mingga yaqin BPT laridan eng namunalilari, ya'ni har bir viloyatdan 1 tadan, jami 12  BPT lari   g’oliblik uchun o’zaro bellashdilar.

Yil yakuniga bag’ishlab o’tkazilgan yilning "Eng namunali boshlang’ich partiya tashkiloti" tanlovi natijalariga ko’ra, Toshkent viloyati sharafini himoya qilgan O’zLiDeP Olmaliq shahar Kengashining kombinat MTMZ kasaba uyushmasi raisi Sunnatilla Baratov boshchiligidagi "Olmaliq KMK" AJ boshlang’ich partiya tashkiloti mutlaq g’olib deb topilib, O’zLiDeP Siyosiy Kengashi tomonidan diplom va kompyuter to’plami bilan taqdirlandi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech