A- A A+

Tadbirlar

Vatan mudofaasi - oliy saodat

on .

"Metallurg" MSda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan madaniy-ma'rifiy tadbir bo’lib o’tdi.

Tadbirni Olmaliq shahar hokimi B.Mannapov samimiy tilaklar bilan ochar ekan, barchani 14 yanvar - Vatan himoyachilari kuni bilan qutladi va Vatanni himoya qilishni oliy saodat deb bilgan ikkinchi jahon urushi faxriylari, shahar Mudofaa bo’limi, harbiy qism va IIB xodimlaridan bir guruhini hokimlikning Faxriy yorlig’i, esdalik sovg’alari bilan taqdirladi.

Tadbirda Vatan himoyasida kamarbasta bo’lib kelayotgan yosh harbiy ofiserlar ham o’z dil so’zlarini izhor etdilar.

Shundan so’ng shahar hokimligining madaniyat va sport ishlari bo’limi va "Metallurg" MS ijodiy jamoalari tomonidan tayorlangan teatrlashtirilgan sahna ko’rinishlari va bir-biridan betakror kuy-qo’shiqlar yangrab, jozibali raqslarga ulandi. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Dilnoza Ismiyaminovaning dilbar qo’shiqlari barchaga birdek manzur bo’ldi.

Darhaqiqat, mamlakatimizda hukm surayotgan tinchlik-osoyishtalik, millatlararo totuvlik xalqimizning farovon turmush tarzi va yurtimiz taraqqiyotiga mustahkam asos bo’lib xizmat qilmoqda.

Mana shu osuda zaminimizning bugungi saodatida zamon talablari darajasida shakllantirilgan qurolli kuchlarimizning munosib hissasi bor. Chunki milliy armiyamiz yurtimiz mustaqilligi, uning xavfsizligi va hududiy yaxlitligi himoyasining kafolatidir.

Yuqorida bo’lib o’tgan tadbirda  aynan milliy armiyamiz, qurolli kuchlarimizning sha'nu shavkati, vatan himoyachilarining  jasorati madh etildi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech