A- A A+

Tadbirlar

IEMda hisobot-saylov yig’ilishi

on .

Xabaringiz bor, ayni kunlarda "Olmaliq KMK" AJ Kasaba uyushmasi kengashi hisobot konferensiyasi oldidan kombinat korxonalari kasaba uyushmalarida hisobot-saylov yig’ilishlari bo’lib o’tmoqda.

Kuni-kecha kombinat Issiqlik energiya markazida 2015 yil yakunlariga bag’ishlab o’tkazilgan konferensiyada markaz ishchi-xodimlari hamda Kasaba uyushmasi kengashi a'zolari ishtirok etdi. Yig’ilish kun tartibiga ko’ra so’zga chiqqan qo’mita raisi Navro’z To’laganov kasaba uyushma qo’mitasining sarhisob yilida MM va XT, moddiy yordam va mehnatkashlarga dam olish yo’llanmalarining berilishi, ishchi-xodimlarni madaniy hordiq va sportga jalb etilishi masalalariga alohida ahamiyat qaratilganligini ta'kidlab, amalga oshirilgan ishlar, erishgan yutuqlar va kamchiliklar xususida batafsil ma'lumot berib o’tdi. Ishchilar ish sharoitlarini yaxshilash, ular salomatligini tiklash, xotin-qizlar, yoshlar o’rtasida o’tkazilgan madaniy-ma'rifiy tadbirlar haqida so’zlab, kombinat sporti hayotida jamoa a'zolari ilg’orlar safida borganiga alohida to’xtaldi. Shuningdek, qo’mita raisi hisobot yilida qo’lga kiritilgan natijalarni tahlil etish bilan birga oldinda turgan vazifalar borasida ham gapirib, ishchi-xodimlar ijtimoiy muhofazasini ta'minlash, ular uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish yo’lida rejalangan barcha tadbirlar bajarilganligini ta'kidlab o’tdi.

Issiqlik energiya markazi boshlig’i Jabarali Ahmedov, kombinat bosh energetigi o’rinbosari Dmitriy Kim, Markaziy apparat kasaba uyushma qo’mitasi raisasi Dilorom Usanovalar kasaba qo’mitasining o’tgan vaqt mobaynidagi namunali faoliyati haqida to’xtalib, uning kelgusidagi ishlariga muvaffaqiyatlar tiladi.

Hisobotlarni tinglagan yig’ilish qatnashchilari qo’mita vazifalari bajarilishini qoniqarli deb topishdi va sarhisob borasida o’z fikr-mulohazalarini bildirishdi. Shuningdek, konferensiya so’ngida IEM kasaba uyushma qo’mitasiga Sarvar Qalamxo’jaev rais etib saylandi hamda kombinat hisobot-saylov konferensiyasiga delegatlar saylandi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech