A- A A+

Tadbirlar

"Biz kombinatni qo’riqlaymiz"

on .

Kuni-kecha "Olmaliq KMK" AJ Idoraviy harbiylashgan qo’riqlash xizmati bosh shtabida Vatan himoyachilari kuniga bag’ishlab xizmat ishchi-xodimlari, "Kamolot" YoIH hamda Olmaliq shahar "Shotakan karate" federasiyasi hamkorligida "Biz kombinatni qo’riqlaymiz" nomi ostida bayram tadbiri bo’lib o’tdi.

Tadbirni IHQ boshlig’i v.b Ilhom Samandarov ochar ekan, O’zbekiston Respublikasi qurolli kuchlarining tashkil etilganligining 24 yilligi bilan barchani muborakbod etib, kombinat xavfsizligi va uning boyliklari muhofazasini ta'minlashda jonbozlik ko’rsatayotgan ishchi-xizmatchilarga o’z minnatdorchiligini bildirdi. IHQda o’tkazilayotgan islohotlar, qo’riqlash xizmati nufuzini oshirish, xizmatchilarni ijtimoiy himoyalashni takomillashtirish masalalari bo’yicha so’zga chiqqan Rux zavodi direktorining FM va xavfsizlik bo’yicha o’rinbosari Aleksandr Kim, vatanparvarlik nafaqat kasbiy xizmat burchini o’tash, balki oddiy fuqaro sifatida tinchlik-osoyishtalikning qadrini anglab yetish, yurt boyliklarini asrab-avaylash kabi tushunchalar bilan bog’liq ekanligini ta'kidlab o’tdi. Tadbir davomida "Kamolot" YoIH tashabbuskor yoshlari o’zlarining harbiy saf va qo’shiqlari hamda jangovor mashqlarini namoyish etishdi.

Olmaliq shahar "Shotakan karate" federasiyasi sportchilari ham o’z chiqishlari bilan qo’riqlash xizmati ishchi-xodimlariga bayramona kayfiyat bag’ishladi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech