http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Tadbirlar

Ma'rifiy tadbir

on .

Bugungi kunda katta umid, orzu maqsadlar bilan Vatanimiz taraqqiyotiga hissa qo’shish maqsadida qat'iyat bilan maydonga chiqayotgan azmu shijoatli yoshlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash lozimligi tadbir davomida ta'kidlandi.

Kuni-kecha "Metallurg" MMning kichik majlislar zalida Ijtimoiy ob'ektlar boshqarmasi ishchi-xodimlari, O’zLiDeP Olmaliq shahar Kengashi vakillari hamda boshlang’ich partiya tashkiloti faollari bilan hamkorlikda Respublikamiz Prezidenti Islom Karimovning O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligining 23 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi "Asosiy vazifamiz - jamiyatimizni isloh etish va demokratlashtirish, mamlakatimizni modernizasiya qilish jarayonlarini yangi bosqichga ko’tarishdan iborat" ma'ruzasi yuzasidan davra suhbati bo’lib o’tdi.

Davra suhbatida so’zga chiqqan kombinat kutubxonasi xodimasi Lyubov Sherban hukumatimiz rahbarining yuqoridagi ma'ruzasi to’g’risida so’z yuritar ekan, uning mazmun-mohiyatiga keng to’xtalib o’tdi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning "Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo’lida xizmat qilish - eng oliy saodatdir" nomli kitobini keng ommaga targ’ib etish, shuningdek kitob mazmunini tadbir qatnashchilariga yoritib berish maqsadida O’zLiDeP Olmaliq shahar Kengashi Tashkiliy partiyaviy ishlar bo’limi mudiri Orif Yuldashev ma'ruza qilib, undan o’rin olgan "Mustaqillik – tog’dek tayanchimiz, qudratli zaminimizdir", "Ayol baxti - jamiyat baxti", "Farzandlarimiz bizdan ko’ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo’lishlari shart!" kabi boblaridan jumlalar keltirdi va o’z fikr-mulohazalarini bildirdi. Xususan, bugungi kunda katta umid, orzu maqsadlar bilan Vatanimiz taraqqiyotiga hissa qo’shish maqsadida qat'iyat bilan maydonga chiqayotgan azmu shijoatli yoshlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash lozimligi tadbir davomida ta'kidlandi.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech