http://forkredit.com/ | Агротехника | Санкт Петербург | Все о Финляндии
A- A A+

Tadbirlar

Kombinat AKT kompleks korxonalariaro eng yaxshi

on .

Kompleks tarkibidagi mavjud tashkilotlar ichida eng yuqori ko’rsatkichga erishgan "Olmaliq KMK" AJ 90,98%ni qo’lga kiritgan.

Zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan keng foydalanish hamda bu yo’nalishda davlat organlari faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarni rivojlantirish vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasining Geologiya, yoqilg’i-energetika, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi tarkibiga kiruvchi kompaniya va sanoat korxonalarida 2015 yil IV chorak yakuni bo’yicha 13ta tashkilotda axborot texnologiyalarini joriy etish holati o’rganildi va quyidagilar aniqlandi.

Axborot-kommunikasiya texnologiyalarni rivojlantirish va joriy etish holatini baholash bo’yicha ikkita tashkilot "a'lo" baholandi. Kompleks tarkibidagi mavjud tashkilotlar ichida eng yuqori ko’rsatkichga erishgan "Olmaliq KMK" AJ 90,98%ni qo’lga kiritgan. Yana bir korxona "Navoiy KMK" DK 90,40%ga erishgan. Shuningdek, 11 ta tashkilot "yaxshi" baholandi.

Axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan foydalanish, davlat organlari faoliyati samaradorligini oshirish borasidagi ishlarni tahlil etish jarayonida Axborot-kommunikasiya texnologiyalarni joriy etishga mas'ul bo’lgan maxsus bo’linmalarni yaratish, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali kelib tushgan murojaatlar bo’yicha ko’rsatkichlar, Elektron hujjat aylanishi tizimidan foydalanish samaradorligi, Iqtisodiyotning real sektorida axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarni joriy etish kabi yo’nalishlarda olib borilayotgan sa'yi-harakatlarga ham baho berildi. Yuqoridagi kabi vazifalarni samarali uddalab kelayotgan "Olmaliq KMK" AJda zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan keng ko’lamda foydalanilayotgani va bugungi kunda ushbu yo’nalishdagi ishlar sifat bosqichiga chiqqani yuqoridagi natijaga omil bo’ldi, desak mubolag’a qilmagan bo’lamiz.

Kombinat Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish boshqarmasidagi axborot-kommunikasiya texnologiyalari bo’yicha mutasaddi va mutaxassislar kelgusida kombinat AKT nafaqat kompleks, balki respublika miqyosida eng namunali Axborot-kommunikasiya texnologiyalari sifatida e'tirof etilishida bor bilim va mahoratlarini ishga solishiga ishonamiz. Buning uchun "Olmaliq KMK" AJda barcha imkoniyatlar yetarli.

Axborot xizmati

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech